“Uy qamoği ehtiyot çorasi va ozodlikni çeklaş jazosi qöllanilgan şaxslarni masofaviy nazorat qiliş tartibini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Içki işlar vazirligi Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazida ilmiy-tadqiqot işlariga davlat buyurtmasi asosida elektron braslet yaratgan. 

Uning dasturiy ta’minoti işlab çiqilgan, respublikaning 14 ta hududida (Qoraqalpoğiston Respublikasi, Toşkent şahar va viloyatlar içki işlar organlari jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi, probatsiya xizmatlarida) sinovdan ötkazilib, amaliyotga joriy etişga tayyor holatga keltirilgan.

Sudning uy qamoği ehtiyot çorasini qöllaş va ozodlikni çeklaş jazosini tayinlaş töğrisidagi hukmi (ajrimi) nusxasi elektron şaklda ijro uçun yuborilişini yölga qöyiş maqsadida Içki işlar vazirligi E-jamoat havfsizligi yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimi “Elektron jinoiy-huquqiy statistika” axborot tizimiga integratsiya qilinişini ta’minlaydi.

Uy qamoği ehtiyot çorasi va ozodlikni çeklaş jazosi qöllangan şaxslarning ehtiyot çorasi va jazoni ijro etiş joyida bölişini real vaqt rejimida masofaviy nazorat qiliş amaliyoti 2024 yilda bosqiçma-bosqiç quyidagi tartibda:

  • 1 maydan boşlab Andijon, Farğona va Namangan viloyatlarida;
  • 1 iyundan boşlab Toşkent şahar, Toşkent va Sirdaryo viloyatlarida;
  • 1 avgustdan boşlab Jizzax, Navoiy va Buxoro viloyatlarida;
  • 1 oktyabrdan boşlab Samarqand, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida;
  • 1 dekabrdan boşlab Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida amaliyotga töliq joriy etiladi.