Özbekistonning yirik şaharlarida markaziy isitiş tarmoği quvurlari yöllar ostidan ötadi. 

Bu Toşkent şahri Uçtepa tumani Mahsud Şayxzoda köçasi qatnov qismining 24-oilaviy poliklinika qarşisidagi qismi. Ayrim haydovçilar bexosdan paydo böluvçi çuqurlik qarşisida ojiz qolişadi. Abjirlari esa, qarama-qarşi yölakda harakatni davom ettirayotganiga közimiz tuşdi. 

Video: Youtube.com

Video: Tas-IX

Körinişidan xulosa qiliş mumkinki, yöl ostidan ötuvçi isitiş tarmoği ta'mirlanganidan söng qatnov qismi şunday holatga kelib qolgan. Bu yetarli darajada toş tökmasdan, xöjakörsinga asfalt yotqiziş natijasi, albatta. 

Bunga kim aybdor, kim mas'ul? Yölsozlar yoki markaziy isitiş ta'minoti boşqarmasi? Mas'ullar qayoqqa qarayapti? Toşkentning aksar köçalarida isitiş tarmoği ta'mirlanganidan söng, şunday noxuş holatlarga köz tuşaverib, közimiz örganib ham qolgan. Biroq bunga barham beriş vaqti kelmadimi? Ta'mirlaşdan keyin uni qabul qilib oluvçilar bölsa, ular nahotki, yöl holatiga e'tibor qaratişmaydi? Ular qaçon sidqidildan işlaşni şior qilişadi?