Amerikaning Johnson&Johnson kompaniyasi 40 mlrd dollarga yaqin kapitalizatsiyasini yöqotdi. Bu haqda CNBC yozmoqda.
Bunga Reuters agentligining suriştiruvi sabab böldi. Naşrning ta'kidlaşiça, J&J rahbarlari va yuristlari 1971 yildan 2000 yilgaça bölgan muddatda işlab çiqarilgan bolalar upasi tarkibida asbest mavjudligini bilişgan. Kompaniya vakillari jurnalistlarning xulosalarini yolğon va çalğituvçi deb ataşdi.
2018 yil iyulda AQŞ sudi J&J kompaniyasi 22 nafar ayolga 4,7 mlrd dollar tovon tölaşi kerakligi haqida hukm çiqardi. Ayollar kompaniyaning upalaridan önlab yillar davomida foydalanib kelişgani uçun saraton xastaligiga çalinganliklarini bildirişgan. Da'vogarlarning advokatlari ham öşanda kompaniyani öz mahsulotlarining zararli ekanini yaşirganlikda ayblagandi.










