Özbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo çempioni bölgan himoyaçi Doston Tursunov Yaponiyaning «Renofa» klubi bilan şartnoma imzoladi. Bu haqda Yamaguçi prefekturasi jamoasining rasmiy saytida xabar berilgan.

Bitim ikki yilga möljallab imzolangan, ya'ni tomonlar 2020 yil oxiriga qadar hamkorlik qilişga kelişib olişgan.

«Renofa Yamaguçi» Yaponiya ikkinçi divizioni vakili hisoblanadi. Klub yakunlangan mavsumda 22 jamoa orasidan 8-örinni egalladi.

Ma'lumot uçun, 23 yoşli Doston «Neftçi», «Qöqon-1912» va «Metallurg» kabi klublar şarafini himoya qilgan. 2018 yilgi mavsumni u farğonaliklar tarkibida ötkazdi. Tursunov Özbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogi oldidan Turkiyada ötkazilayotgan sönggi yiğiniga jalb etilgan.

Eslatib ötamiz, Özbekiston termasining boşqa bir a'zosi Fozil Musayev ham Yaponiya çempionatida iştirok etadi: u ikki yildan buyon Jyey-ligada «Jubilo Ivata» şarafini himoya qilib kelmoqda. Şuningdek, ötgan hafta yarimhimoyaçi Ikrom Aliboyev «Lokomotiv»dan Janubiy Koreyaning «Seul» klubiga ötgan edi.