O‘zbekiston | 14:33 / 18.12.2018
14391
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax akkumulyator zavodi aksiyalarining nazorat to‘plami qanchaga sotilmoqda?

Foto: uzavtosanoat.uz

Dekabr oyida Jizzax akkumulyator zavodini xususiylashtirish boshlandi. Iyun oyida prezident Shavkat Mirziyoyev korxonani yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida qarorni imzolagandi. Choralar ichida xorijiy investorlarga ustav fondidagi nazorat to‘plamini sotish ham bor.

MilkSarmoyaBrokerlikUyi investitsion vositachi zavodning 51,78 foiz aksiyasi 38 601 936 dona miqdorida umumiy qiymati 93 845 166 610,0 so‘mga birja savdolariga qo‘yilgani haqida ma'lumot berdi. Aktsiyalarni sotish narxi 2431,10 so‘mni tashkil etadi.

Bu hukumat yirik korxonalarni aksiyalarini birjada sotish hisobidan sog‘lomlashtirishga qaror qilayotgan birinchi holat emas - yanvar boshida Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Co.Ltd kompaniyasi «Urganch ekskavator» zavodi aksiyalari 51 foizini sotib olishi ma'lum bo‘ldi. May oyida aksiyalar chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzax akkumulyator zavodi ustidan nazoratni sotish kechiktirilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid