Jizzax akkumulyator zavodining aksiyalari «Toşkent» Respublika fond birjasida sotila boşlandi.
Sotuvga bir aksiya uçun 1012 sömlik nominal qiymat bilan 74,5 mln aksiya qöyildi.
Iyun oyida prezident Şavkat Mirziyoyev korxonani yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida qaror imzoladi. Çoralar içida xorijiy investorlarga ustav fondidagi nazorat töplamini sotiş ham bor.
Xususan, «Özavtosanoat» davlat kompaniyasiga tegişli bölgan zavod aksiyalarining 51,78 foizi belgilangan tartibda xorijliklarga sotiladi. Şu munosabat bilan kompaniyaga töplamning bozor narxini aniqlaş va uni birja savdolariga qöyiş topşiriği berilgandi, aynan şu hozir yuz beryapti.
Bu hukumat yirik korxonalarni aksiyalarini birjada sotiş hisobidan soğlomlaştirişga qaror qilayotgan birinçi holat emas - yanvar boşida Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Co.Ltd kompaniyasi «Urganç ekskavator» zavodi aksiyalari 51 foizini sotib olişi ma'lum böldi. May oyida aksiyalar çiqarildi.
Jizzax akkumulyator zavodi Energy, Atlant, Classic, Hoppenergy savdo belgilari ostida akkumulyator batareyalari hamda boşqa mahsulotlarni işlab çiqaradi.

















