«Özavtosanoat» AJga qaraşli «Jizzax akkumulyator zavodi» AJ 51,78% paketining «Toşkent» Respublika fond birjasining birja savdolariga qöyilişi 2018 yilning 20 dekabriga köçirildi.
«Özavtosanoat» xabariga köra, bu ehtimoliy xorijiy investorlarga savdoda iştirok etişlari uçun qöşimça vaqt beriş maqsadida amalga oşirildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Jizzax akkumulyator zavodini xususiylaştiriş boşlangani xabar qilingandi.
Iyun oyida prezident Şavkat Mirziyoyev korxonani yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida qaror imzoladi. Çoralar içida xorijiy investorlarga ustav fondidagi nazorat töplamini sotiş ham bor.
Xususan, «Özavtosanoat» davlat kompaniyasiga tegişli bölgan zavod aksiyalarining 51,78 foizi belgilangan tartibda xorijliklarga sotiladi. Şu munosabat bilan kompaniyaga töplamning bozor narxini aniqlaş va uni birja savdolariga qöyiş topşiriği berilgandi, aynan şu hozir yuz beryapti.
Bu hukumat yirik korxonalarni aksiyalarini birjada sotiş hisobidan soğlomlaştirişga qaror qilayotgan birinçi holat emas - yanvar boşida Xitoyning Xuzhou Construction Machinery Co.Ltd kompaniyasi «Urganç ekskavator» zavodi aksiyalari 51 foizini sotib olişi ma'lum böldi. May oyida aksiyalar çiqarildi.
Jizzax akkumulyator zavodi Energy, Atlant, Classic, Hoppenergy savdo belgilari ostida akkumulyator batareyalari hamda boşqa mahsulotlarni işlab çiqaradi.

















