Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida içki işlar vazirining “Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan şaxslarning tibbiy-sanitariya ta'minoti böyiça qoidalarni tasdiqlaş töğrisida”gi buyruği loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etiş muassasalarida saqlanayotgan şaxslarning tibbiy-sanitariya ta'minoti böyiça qoidalar tasdiqlanişi mumkin.

Qoidalarga köra, IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarga tibbiy-sanitariya ta'minoti va epidemiyaga qarşi işlar qonun hujjatlariga hamda mazkur Qoidalarga muvofiq taşkil etiladi va ötkaziladi.

Mahkumlarga va qamoqqa olingan şaxslarga IIV TH va JIEM hamda ixtisoslaşgan kasalxonada tibbiy yordam körsatiş imkoniyati bölmagan taqdirda, ularga davlat soğliqni saqlaş tizimining davolaş-profilaktika muassasalarida malakali va ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam örnatilgan tartibda körsatiladi.

Manzil-koloniyalarda jazo muddatini ötayotgan mahkumlarga JIEM joylaşgan hududiy davlat soğliqni saqlaş tizimining barça davolaş-profilaktika muassasalari tomonidan örnatilgan tartibda tibbiy yordam körsatiladi.

IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarga tibbiy-sanitariya ta'minoti davlat soğliqni saqlaş tizimining klinik protokollari hamda tibbiy standartlariga muvofiq, respublika byudjyeti hisobidan amalga oşiriladi.

IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslar ustidan tibbiy tajriba va sinovlar ötkaziş qat'iyan taqiqlanadi.

IIV TH va JIEM tibbiyot xodimlarini davolaş-profilaktika işlariga aloqasi bölmagan boşqa tadbirlarga jalb qiliş taqiqlanadi.

IIV TH va JIEM hamda ixtisoslaşgan kasalxona tibbiyot xodimlarining asosiy vazifalari sanitariya me'yorlari va qoidalari talablariga rioya qilinişini ta'minlaş, mahkumlar va qamoqqa olingan şaxslarning mehnat va maişiy şaroitlarini yaxşilaşga qaratilgan çora-tadbirlar majmuini amalga oşiriş, ular orasida kasallanişning oldini oliş va kamaytiriş, ambulator va statsionar şaroitda davolaş-profilaktika tadbirlarini ötkaziş hamda taşqi muhit ifloslanişining oldini oliş va bartaraf etişni doimiy ravişda nazorat qilişdan iborat.

Özbekiston Respublikasi IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarning tibbiy-sanitariya ta'minoti quyidagiça amalga oşiriladi:

IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarni birlamçi tibbiy körikdan ötkaziş;

bemorlarni va kasallikka moyil şaxslarni öz vaqtida aniqlaş va ularga nisbatan davolaş-profilaktik tadbirlarni ötkaziş maqsadida profilaktik tibbiy köriklarni taşkillaştiriş;

kasallik belgilari aniqlangan şaxslarga ambulator yoki statsionar şaroitda tibbiy yordam körsatiş;

malakali yoki ixtisoslaşgan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni örnatilgan tartibda ixtisoslaşgan kasalxonaga yuboriş;

surunkali kasalligi mavjud bemorlarni dispanser nazoratiga oliş;

mahkumlar va qamoqqa olingan şaxslarning yotoqxonasi, ovqatlaniş joylari va mehnat şaroitini sanitariya nazoratiga oliş;

mehnat qobiliyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslar mehnatini töğri taşkil etiş böyiça tibbiy mehnat-ekspert komissiyasi tavsiyalarining bajarilişini doimiy nazorat qiliş hamda surunkali kasallikka çalinganlarni davolaş va soğlomlaştiriş çoralari böyiça tibbiy tavsiyalarni bajariş.

IIV TH va JIEM hamda ixtisoslaşgan kasalxonada hudud tozaligi, suv ta'minoti, ovqatlaniş, mehnat şaroitlari, hammom va kir yuviş obektlarida epidemiyaga qarşi çora-tadbirlar Özbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya me'yori va qoidalari talablariga muvofiq amalga oşiriladi va nazorat qilinadi.

IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarga tibbiy-sanitariya ta'minotini amalga oşiriş maqsadida davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimlari taşkillaştirilib, uşbu bölimlar bemorlar uçun statsionar, şifokor xonalari, ovqatlaniş xonasi, yuviniş xonasi, hojatxona hamda 1-2 örinli izolyatordan iborat böladi va zarur aşyolar bilan jihozlanadi.

IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarga malakali va ixtisoslaştirilgan tibbiy yordam körsatiş ixtisoslaşgan kasalxonada amalga oşiriladi. Bemorlarni kasalxonaga, şu jumladan davolaş huquqiga ega bölgan koloniyalarga yuboriş örnatilgan tartibda amalga oşiriladi.

IIV TH va JIEMda saqlanayotgan şaxslarga ixtisoslaştirilgan yoki şoşilinç tibbiy yordam körsatiş zarur bölgan hollarda, ular davlat soğliqni saqlaş tizimining davolaş-profilaktika muassasalariga örnatilgan tartibda joylaştiriladi. Bunda ularni qöriqlaş va xulq - atvorini nazorat qiliş ta'minlanadi.

JIEMda ruhiy holati buzilgan va jinsiy yöl bilan yuqadigan kasalliklar böyiça hisobga olingan mahkumlarga uzoq muddatli uçraşuv beriş şifokor ruxsati bilan amalga oşiriladi.

IIV THga keltirilgan şaxslar (tranzit bilan kelayotganlar ham) darhol, atrofdagilarga epidemiologik xavf tuğdirişi mumkin bölganlarni, şoşilinç yoki keçiktirib bölmaydigan tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni aniqlaş maqsadida birlamçi tibbiy körikdan ötkaziladi. Birlamçi tibbiy körikdan ötkaziş majburiy tartibda, keltirilganlar «umumiy» kameralarga joylaştirilmasdan avval amalga oşirilib, ularga albatta tana körigi, antropometriya va termometriya ötkaziladi.

Birlamçi tibbiy körik şifokor tomonidan ötkaziladi va körik natijasida aniqlangan kasalliklar yoki şikastlanişlar töğrisidagi ma'lumotlar mazkur Qoidalarning 1-ilovasiga muvofiq jurnalga qayd etiladi.

IIV THga olib kelingan şaxslar orasida, tibbiy körsatmalarga asosan, ötkir kasalliklarga çalingan yoki şikastlaniş oqibatida şoşilinç yoxud statsionar tibbiy yordamga muhtoj bemorlar aniqlanganda, ularga birlamçi tibbiy yordam körsatilib, zarur bölgan hollarda, ular davlat soğliqni saqlaş tizimining davolaş-profilaktika muassasalariga örnatilgan tartibda joylaştiriladi. THga keltirilgan şaxsga şoşilinç tibbiy yordam körsatiş zarur bölganda ularni davlat soğliqni saqlaş tizimining tibbiy muassasalariga olib çiqiş TH boşliğining yozma ruxsati bilan amalga oşirilib, bu haqda 24 soat içida jinoyat işini yuritayotgan mansabdor şaxs yoki organ yozma ravişda xabardor qilinadi.

IIV THga olib kelingan şaxsning badaniga şikast yetkazilganligi aniqlangan taqdirda, bu haqda uç nusxada dalolatnoma tuzilib, tergov hibsxonasi boşliğining yordamçisi – tezkor navbatçi va şaxsni olib kelgan qorovul boşliği tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi qorovul boşliğiga, ikkinçi nusxasi tergov hibsxonasi boşliğining yordamçisi – tezkor navbatçiga, uçinçi nusxasi davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimiga beriladi. Mazkur holat yuzasidan TH tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan tekşiruv ötkazilib, natijalari tegişli hududiy prokuraturaga yuboriladi.

IIV THga keltirilgan şaxslarning har biriga ambulator tibbiy karta yuritilib, şifokor tomonidan birlamçi tibbiy körik natijalari töğrisidagi ma'lumotlar qayd etiladi.

Ötkir yuqumli kasallikka çalinganlar yoki gumon qilingan şaxslar körikdan söng darhol soğlom kişilardan ajratiladi. Bu şaxslarda birlamçi sanitariya işlovi oxirgi navbatda ötkaziladi, ularning kiyimlari va şaxsiy buyumlari albatta zararsizlantiriladi, söngra bu şaxslar davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimi izolyatoriga joylaştirilib, ularga qöşimça tekşiruv va davolaş-profilaktika muolajalari tayinlanadi.

IIV THga keltirilganlar orasida ruhiy holati buzilgan, öziga yoki atrofidagilarga tajovuzkor şaxslar aniqlanganda, ularni şifokor psixiatr yoki psixolog körigidan söng kameralarga joylaştirişga ruxsat etiladi. IIV THda şifokor psixiatr yoki psixolog bölmagan taqdirda, bu şaxslar davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimiga joylaştirilib, 72 soat içida şifokor psixiatr jalb qilgan holda körikdan ötkazilişi taşkillaştiriladi.

IIV THga keltirilgan şaxslar (tranzitdan taşqari) uç kun içida davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimida mavjud şifokorlar tomonidan profilaktik tibbiy körikdan ötkaziladi. Profilaktik tibbiy körik davomida ularda sil kasalligi, OIV-infeksiyasi, teri-tanosil va boşqa kasalliklarni aniqlaş maqsadida flyuorografiya (rentgen) tekşiruvi va qöşimça laborator tekşiruvlari ötkaziladi. Mahkum yoki qamoqqa olingan şaxsga flyuorografiya (rentgen) tekşiruvi ötkazilganligi töğrisida mazkur Qoidalarning 2-ilovasiga muvofiq ma'lumotnoma tuzilib uning ambulator tibbiy kartasiga biriktiriladi. Tibbiy körsatmalarga binoan, ularga qöşimça tekşiruvlar va mutaxassis şifokorlar körigi tavsiya etilişi mumkin.

IIV THda saqlanayotgan şaxslarning soğliğini muntazam nazorat qiliş maqsadida har olti oyda bir marotaba flyuorografiya (rentgen) tekşiruvi, laboratoriya tekşiruvi (umumiy qon, siydik taxlili), antropometriya va şifokor terapevt körigi ötkaziladi. Tibbiy körsatmalarga köra, boşqa tekşiruvlar va mutaxassis şifokor körigi tavsiya etiladi.

IIV THda saqlanayotgan şaxslarning tibbiy-sanitariya yordamini töliq amalga oşiriş, şuningdek, kasallik rivojlanişining oldini oliş maqsadida tergov hibsxonasida saqlanayotgan har bir şaxs kunning istalgan vaqtida nazoratçi (navbatçilik qismi)ga murojaat qilişi mumkin va ularga davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimi xodimlari tomonidan zarur tibbiy yordam körsatiladi.

IIV THda saqlanayotgan şaxslarga davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimida tibbiy yordam körsatiş imkoniyati bölmagan taqdirda, ular örnatilgan tartibda hududiy davlat soğliqni saqlaş tizimining davolaş-profilaktika muassasalariga joylaştiriladi. Tergov hibsxonasida saqlanayotgan şaxsni hududiy davlat soğliqni saqlaş tizimining tibbiy muassasalariga olib çiqilganligi, mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq, jurnalga qayd etiladi.

IIV THda saqlanayotgan şaxslarga şoşilinç tibbiy yordam körsatiş zarur bölganda, tibbiy körsatmalarga binoan, tez tibbiy yordam brigadasi çaqiriladi.

IIV THda saqlanayotgan şaxslar tan jarohati olganda tibbiyot xodimlari tomonidan keçiktirmasdan tibbiy guvohlantiriş ötkaziladi. Tibbiy guvohlantiriş tergov hibsxonasi boşliğining yoxud jinoyat işini yuritayotgan mansabdor şaxsning yoki organning şaxsiy taşabbusiga yoxud qamoqqa olinganning yoki uning himoyaçisining iltimosiga köra çiqarilgan qarori asosida, davlat soğliqni saqlaş tizimining tibbiy muassasalari xodimlari tomonidan amalga oşiriladi.

IIV THda bemorlarni ambulator qabul qiliş şifokor (feldşer) tomonidan maxsus jihozlangan xonada olib boriladi. Tibbiy körsatmalarga köra, statsionar şaroitda davolanişga muhtoj bemorlar davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimining maxsus kameralariga joylaştiriladi.

IIV THda şifokor qabuliga yoki tibbiy muolaja olişga bemorlar kameralar böyiça alohida-alohida yoxud 3-5 kişidan iborat guruh bölib, hibsxona içki tartib qoidalariga rioya qilgan holda nazoratçilar kuzatuvida olib boriladi.

IIV THda saqlanayotgan şaxslar tomonidan dori vositalarining qabul qilinişi tibbiyot xodimi nazorati ostida amalga oşiriladi. Dori vositalari bemorlar qöliga faqat bir kunlik iste'mol uçun tibbiyot xodimining ruxsati bilan beriladi. Davolanişi uzluksiz davom etadigan (yurak qon-tomir, arterial qon bosimining kötarilişi bilan keçadigan gipertonik kasalliklar, qandli diabet, tutqanoq va boşqa şu kabi kasalliklarga çalingan) bemorlarga tibbiyot xodimi tomonidan tayinlangan dori vositalari berib qöyilişi mumkin. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni bemorlarning qöliga beriş qat'iyan taqiqlanadi.

Şifokor tomonidan bemorga tayinlangan tibbiy muolajalarni hamşira (yoki feldşer) bajaradi va işlatilgan dori vositalari töğrisida mazkur Qoidalarning

4-ilovasiga muvofiq jurnalga qayd qilib boriladi. Kundalik işlatiş uçun zarur bölgan dori vositalari maxsus şkaflarda, qulflangan holda saqlanadi.

IIV THning davolaş-profilaktik yordam körsatiş bölimi tibbiyot xodimlari tomonidan tavsiya etilgan va amalga oşirilgan har bir tibbiy muolaja va köriklar haqidagi ma'lumotlar mahkumning yoki qamoqqa olingan şaxsning ambulator tibbiy kartasiga qayd etib boriladi.

IIV THda saqlanayotgan şaxslarni kartser yoki bir kişilik kameraga joylaştirişdan avval ular tibbiy körikdan ötkazilib, körsatib ötilgan joylarda saqlanişi mumkin yoki mumkin emasligi haqida, mazkur Qoidalarning 5-ilovasiga muvofiq, ma'lumotnoma tuziladi.

IIV THdan çiqarilayotgan yoki boşqa muassasaga ötkazilayotgan şaxslar qayta tibbiy körikdan ötkaziladi. Boşqa muassasaga ötkazilayotgan har bir şaxsning umumiy soğliği va körik natijalari haqidagi ma'lumot körikni ötkazgan tibbiyot xodimi tomonidan uning ambulator tibbiy kartasiga qayd qilinadi.

Transportda olib yuriş mumkin bölmagan bemorlarni bir muassasadan boşqasiga köçirişga ruxsat etilmaydi, ixtisoslaşgan kasalxona yoki davolaş-profilaktika muassasalariga ötkazilayotganlar bundan mustasno.

Hujjat bilan quyida töliq tanişiş mumkin.