Jahon | 00:16 / 23.12.2018
9800
1 daqiqa o‘qiladi

Trampning maxsus vakili lavozimini tark etdi

AQShning IShIDga qarshi kurash bo‘yicha koalitsiyadagi maxsus vakili Brett Makgerk Amerika qo‘shinlarining Suriyadan olib chiqib ketilishi bois lavozimini muddatidan oldin tark etdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib CBS News xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Makgerk lavozimini 2019 yil fevralida tark etishni mo‘ljallagandi, ammo AQSh prezidenti Donald Trampning qaroridan so‘ng fikrini o‘zgartirgan.

«U davlat kotibi Mayk Pompeoni prezident Trampning Suriyadan harbiylarni olib chiqib ketish haqidagi kutilmagan qarori bilan kelisha olmagani bois lavozimdan ketishini tezlashtirishi haqida xabardor qildi», deyiladi xabarda.
Xabar qilinishicha, Makgerk lavozimida 31 dekabrgacha qoladi.

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni AQSh Suriyadan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketishni boshlagani xabar qilingandi.

Mavzuga oid