Rossiyalik biatlonçi Anton Şipulin sport faoliyatini yakunlaşi haqida qaror qabul qildi. U bu haqda joriy mavsumdagi birinçi startdan avval, Germaniyaning Gelzenkirxenidagi matbuot anjumanida xabar berdi.
Biatlonçining aytişiça, uning qaroriga dopingdan foydalaniş böyiça şubhalar va Avstriya politsiyasi tomonidan ötkazilgan tintuvlar ta'sir körsatgan. Şuningdek, Şipulin yuqori darajada natija körsatişga tösqinlik qilayotgan soğliğidagi muammolardan nolidi.
Sportçi 29 dekabr kungi «Rojdestvo poygasi»da sönggi marta startga çiqadi.
Dekabr boşida Avstriya politsiyasi Şipulin va bir qator rossiyalik biatlonçilar oldiga taşrif buyurgandi. Ularning bariga 2017 yilgi jahon çempionati vaqtida dopingga qarşi qoidalarni buziş böyiça ayblov qöyildi. Şipulin bu ayblovlarni bema'nilik, deb atadi.
Mavsum boşlanişidan oldin biatlonçi yomon jismoniy holatda ekanini bildirdi va milliy terma jamoa yiğinlarida iştirok etiş istagi yöqligini tan oldi. Biroq, keyinçalik öz fikrini özgartirdi va sportga qaytdi.
Şipulin - 2014 yili Soçida ötkazilgan Olimpiya öyinlari ğolibi. U Vankuverda Olimpiada-2010da bronza medalini qölga kiritgandi. Bundan taşqari, u jahon çempionatlarining olti karra sovrindori hisoblanadi.












