O‘zbekiston | 18:20 / 28.12.2018
6093
2 daqiqa o‘qiladi

Namanganda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga bayram sovg‘alari topshirildi

Foto: Namangan shahar hokimligi

Namangan shahrida joriy yilda 33 nafar kam ta'minlangan, uy-joyga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslar oilalariga uylar topshirish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgacha ularning 28 nafariga topshirilgandi. Bugun yana besh oilaga ''Dashtbog‘'' mahalla hududida joylashgan 3 qavatli uy topshirildi.  

Bundan tashqari, Namangan shahrida og‘ir turmush sharoitida yashayotgan yolg‘iz ayollarning olti nafariga O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining xotin-qizlar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan uylarning 25 foiz mablag‘i to‘lab berilib, ko‘p qavatli uylarning xonadonlaridan berildi. 

Shuningdek, Namangan shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 22-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi binosining tom, fasad qismlari, guruh xonalari, oshxona, omborxonalar to‘la ta'mirlandi hamda eshik-derazalari almashtirildi. Ikkita yangi avtonom isitish qozoni o‘rnatilib issiqlik tizimi, elektr, kanalizatsiya tarmoqlari va sanuzellar to‘la yangilandi.

25 dekabr kuni Namangan shahridagi 102 ta mahalla fuharolar yig‘inida istiqomat qilayotgan 210 nafar kam ta'minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogiron oilalarga yangi yil bayrami munosabati bilan 10 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari va yangi yil sovg‘lari berildi. 

Bundan tashqari, sektor rahbarlari tomonidan shu kuni shahar xalq ta'limi bo‘limiga qarashli 83 ta umumta'lim maktablari va 18 ta kasb-hunar kollejlarida tahsil olayotgan 240 nafar nogiron, chin yetim va tarbiyasi og‘ir hamda kam ta'minlangan oila farzandlari uchun qishki kiyim-bosh va poyabzallar, yangi yil sovg‘alari berildi.

 

 

 

Mavzuga oid