19:29 / 09.01.2019
9277

Fransiya sharqida Mirage 2000D qiruvchi samolyoti yo‘qolib qoldi

Foto: Lodoïs Gravel. France 3 Lorraine

Fransiya HHKga qarashli Mirage 2000D qiruvchi samolyoti mamlakat sharqida radarlar ekranidan g‘oyib bo‘ldi, deb xabar berdi France Info radiostansiyasi.

Bortida ikki kishi bo‘lgan samolyot Nansi-Oshdagi aviabazadan tush paytiga yaqin havoga ko‘tarilgan. Qiruvchi samolyot Yura tog‘li maskani ustidan uchib o‘tayotganida u bilan aloqa yo‘qolgan.

Departament prefekturasi yo‘qolgan samolyotni qidirib topish bo‘yicha operatsiya boshladi.

Dassault Mirage 2000 – Fransiyaning 1970-yillarda ishlab chiqarilgan qiruvchi samolyoti.1990-yillarda 2000D samolyoti modifikatsiya qilingan bo‘lib, jami 86ta 2000D samolyoti ishlab chiqarilgan.

Mavzuga oid
Top