Jahon | 19:35 / 10.01.2019
10203
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Suriyada yangi jangovar harakatlarga tayyorligini bildirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Suriyadagi yangi jangovar harakatlarga tayyor, ammo Vashington ish bungacha yetib bormasligiga umid qiladi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo ma'lum qildi.

"Tramp Suriyada yana jangovar harakatlarni amalga oshirishga tayyor, ammo umid qilamizki, uning bunday qilishiga to‘g‘ri kelmaydi", dedi u.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval AQSh Suriyadan harbiylarini olib chiqishni boshlagani xabar qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid