Davlatlararo qöşma loyiha doirasida Buyuk ipak yölining mamlakatimizdan ötgan qismini «Ipak yöli — Zarafşon daryosi vohasi», «Ipak yöli — Sirdaryo, Farğona vohasi» nomi ostida YuNeSKOning umumjahon madaniy meroslar röyxatiga kiritiş vazifasi belgilangan.
«Navoiy viloyatidagi Sarmişsoy yodgorligi va özbek san'atining köhna namunasi bölgan Xorazm lazgisini YuNeSKOning insoniyat nomoddiy madaniy merosining reprezantativ röyxatiga 2 yil içida kiritiş böyiça amaliy çora-tadbirlarni köriş belgilangan. Mutaxassislardan iborat işçi guruhni tuzib, ma'lumotlarni töplab, YuNeSKOga taqdim etiş böyiça işlar boşlangan», – deydi vazir.
Konsepsiyani amaliyotga tatbiq etiş böyiça 8ta bölim, 52ta banddan iborat 2019-2020 yillarga möljallangan yöl xaritasi işlab çiqildi. Barça mahalliy boşqarmalar qaçon va qay tarzda bajarilişi belgilangan yöl xaritasiga muvofiq iş olib borişi belgilangan.
2018 yil Şahrisabz tarixiy markazining YuNeSKO Umumjahon merosi röyxatidan çiqarilişi YuNeSKO Umumjahon merosi qömitasi (UMQ)ning 42-sessiyasida favqulodda muhokama etilgandi. Öşanda Özbekiston Boş vazir örinbosari qömita a'zolariga Özbekiston hukumati madaniy merosni saqlab qoliş uçun «yöl xaritasi»,şuningdek YuNeSKOning Toşkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda Xalqaro maslahatçi ekspertlar guruhini tuziş rejalari haqida gapirgan. Uzoq muhokamalardan söng, Şahrisabz röyxatda qolişi ma'lum qilindi.
«Sahrodagi qasrlar, Sarmişsoy qoyatoş rasmlari, Xonbandi, Zarautsoy qoyatoş rasmlari, qadimiy Termiz obektlarini YuNeSKO röyxatiga kiritiş masalasini 2019-2020 yillarda körib çiqiş zarur.
YuNeSKOga kirgan oxirgi obekt Samarqand şahri bölib, bu 2001 yilda amalga oşgan edi. Şundan beri bu borada heç qanday iş bajarilmadi», – deydi Madaniyat vazir.
Ma'lumot uçun, Özbekiston BMTning Ta'lim, fan va madaniyat böyiça taşkiloti – YuNeSKOga 1993 yil 26 oktyabrda a'zo sifatida qabul qilingan. Şu kunga qadar, mamlakat hududidagi 4ta tarixiy-madaniy qiymatga ega markazlar – Içan qal'a, Şahrisabzning tarixiy markazi, Samarqand, Buxoroning tarixiy markazi YuNeSKO alohida röyxatiga olingan. Şuningdek, Qozoğiston, Qirğiziston va Özbekiston umumiy çegarasida joylaşgan Tyan-Şan tabiat maskani uşbu röyxatga kiritilgan.

















