Prezident Şavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqanddagi “Buyuk ipak yöli” xalqaro turizm markaziga taşrif buyurib, bunyodkorlik işlari, yaratilayotgan şaroitlar bilan tanişdi.

Qayd qilinişiça, majmuada xorijiy delegatsiyalar va sayyohlarga xizmat körsatiş sifatini oşiriş, qulayliklarni kengaytirişga qaratilgan muayyan işlar olib borilmoqda, qator yangi obektlar qurilmoqda. Jumladan, markaz hududida konsert zali barpo etilmoqda va zamonaviy akustika uskunalari bilan jihozlanmoqda.

Prezident xorijiy delegatsiyalar, ikki tomonlama uçraşuvlar uçun qulayliklarni oşiriş böyiça tavsiyalar berdi.

Şu yerning özida Samarqand viloyati hokimi hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi yuzasidan davlat rahbariga hisobot berdi.

Ta’kidlanişiça, joriy yilda Samarqandda yirik xalqaro anjumanlar bölib ötadi. Bugungi kunda “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” birinçi sammiti va Iqlim forumi, “Markaziy Osiyo – Körfaz arab davlatlari” sammiti, YuNeSKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasini ötkazişga qizğin tayyorgarlik körilmoqda.