Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 mart kuni Fransiyaga davlat taşrifi doirasida BMTning Ta’lim, fan va madaniyat masalalari böyiça taşkiloti (YuNeSKO) boş direktori Odri Azuleni qabul qildi.
BMT tizimidagi uşbu nufuzli tuzilma bilan samarali hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari, şuningdek, joriy yilning kuzida Samarqand şahrida taşkilot Boş konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişning amaliy jihatlari muhokama qilindi.
Köp qirrali şeriklik bugungi kunda yuksak darajada ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Özbekiston taşabbusi bilan axborotdan foydalaniş va bolalar ta’limi masalalari böyiça rezolyutsiyalar qabul qilindi.
Mamlakatimiz Madaniy boyliklarni saqlaş va restavratsiya qiliş böyiça xalqaro markazga a’zo böldi. Buxoro "Kreativ şaharlar tarmoği"ga qöşildi. Samarqanddagi Ipak yöli universitetida YuNeSKO kafedrasi oçildi. Ötgan yili ta’lim, madaniyat, raqamli va innovatsion texnologiyalar sohalarida 7 ta yangi loyihani amalga oşiriş boşlandi.
Turon çöllari va Zarafşon-Qoraqum yölagi, ipakçilik, kulolçilik, rubob çaliş va iftorlik an’analari, "Buxoro amiri devonxonasi arxivi", "Turkiston albomi", "Xudoybergan Devonov fotoalbomi" YuNeSKOning maxsus röyxatlariga kiritildi.
Ta’kidlaş joizki, Samarqand şahrida bölajak Boş konferensiyaning 43-sessiyasi sönggi 40 yil içida birinçi marta YuNeSKOning Parij şahridagi qarorgohidan boşqa joyda ötkaziladi. Bu voqea taşkilotning 80 yilligiga töğri keladi.

Boş direktor Odri Azule Özbekiston bilan sermahsul hamkorlikni yuksak baholab, bölajak tadbirga keng kölamli tayyorgarlik körilayotgani uçun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.
Amaliy hamkorlik dasturlarini yanada kengaytiriş, şuningdek, YuNeSKO Boş konferensiyasining 43-sessiyasi doirasidagi forum va tadbirlarni taşkil etiş böyiça yaqindan hamkorlikni davom ettirişga kelişib olindi.


















