Parijdagi YuNeSKO boş qarorgohida Özbekiston hukumati va YuNESKO örtasidagi kelişuv imzolanişiga bağişlangan tantanali marosim bölib ötdi. Samarqand endi rasman Boş konferensiyaning 43-sessiyasi ötkaziladigan joy sifatida belgilandi. Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva buni olqişladi.
«Bu biz uçun katta şaraf va mas’uliyatdir, negaki sönggi 40 yil davomida uşbu konferensiya Parijdan boşqa yerda ötkazilmagan. Bu ijodiy industriyaning maşaqqatli mehnati, xalq diplomatiyasi va eng yuqori darajadagi kelişuvlar samarasidir. Bu – jahon hamjamiyatining mamlakatimiz oçiqligi, öziga xos an’analari va madaniy merosi, boy tarixi, musiqasi, adabiyotiga katta qiziqiş bilan qarayotganidan dalolat», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Uning ta’kidlaşiça, Özbekiston madaniyat va san’at vositasida mamlakatni xalqaro maydonda tarğib etmoqda, dunyo ahliga yanada yaqinlaştirmoqda.
«Bu aloqalar bevosita iqtisodiy natijalarga ulanib, qöşma loyihalar va umumiy ğoyalarga aylanmoqda. Xuş kelibsan, YuNESKO! Samarqandda uçraşgunça!» deb yozdi Saida Mirziyoyeva.













