Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda 33 yoşli özbek qizi Guli Murodova özidan 44 yoş katta bölgan angliyalik 77 yoşli lord, multimillioner Muhammad Şayx bilan oila qurgani haqida xabarlar tarqaldi.
Köpçilikni hayratga solgan bu xabar köp muhokama qilindi va turli e'tirozlarni keltirib çiqardi. Xöş, bu yangilik neçoğli haqiqat, unda keltirilgan faktlar qançalik töğri? Umuman, bunday turmuşdan maqsad nima, degan savol köpçilikni bir xilda öylantirdi. Kun.uz muxbiri Guli Murodovani suhbatga çorladi. Özbekiston va Britaniya aloqalarini oila riştalari bilan boğlagan Guli Şayx xonim internetda berilgan ma'lumotlarga oydinlik kiritdi.
— Guli Şayx xonim, töylaringiz bölganiga bir oydan oşdi. Şayxning jufti haloli böliş oğirlik qilmayaptimi?
— 2018 yilning noyabrida Londonning Lambet Kengaşida nikohimizning rasmiy marosimi bölib ötdi. Köplab mehmonlar taşrif buyurişdi. Muhammad Şayx bilan aslida 2015 yilda şa'riy nikohdan ötganmiz. Ya'ni, uning jufti haloli bölganimga uç yildan oşdi. Muhammad Şayx janoblari tabiatan köngli toza, hayotga katta qiziqiş bilan qaraydigan, tuşunadigan, oğir-bosiq va juda mehribon inson. Turmuş örtoğimning ana şunday pok qalbini yoqtirganman...

— Özingiz haqingizda gapirib bering. Qanday qilib London tomonlarga borib qolgansiz? Britaniya lordi bilan qanday tarzda tanişgansiz?
— Men Samarqandda tuğilib, voyaga yetganman. Samarqand tibbiyot kollejini tugatganman. Ikki yilça Samarqandning Respublika tez tibbiy yordam körsatiş şifoxonasida hamşira bölib işladim. Angliyaga öqişni davom ettiriş maqsadida kelganman. Londonda universitetga öqişga kirib, menejment boşqaruvi yönalişida bakalavr darajasini muvaffaqiyatli tugatdim. Keyinçalik öqişni davom etirgan holda moliya yönalişida öqidim. Öqiş payti yarim stavkaga Belgiya kompaniyasiga menejyer bölib işga kirdim. Kompaniya belgiyaça eksklyuziv şokoladlar sotiş bilan şuğullanar edi. Şu yerda şuni ta'kidlab ötmoqçimanki, men heç qaçon Londonda ofitsiant bölib işlamaganman. Xullas, Muhammad Şayx janoblari tez-tez şokolad dökonimizga kirib turar, özi va hamkasblari uçun şirinliklar olişni yaxşi körar edi. Öşa yerda tanişib qolganmiz.
Bizning boy tariximiz, butun dunyoni öz kaşfiyotlari va salohiyati bilan zabt etgan Amir Temur, Zahiriddin Muhammad Bobur, Mirzo Uluğbek, Imom Buxoriy kabi buyuk şaxslar haqidagi suhbatimiz tugamasdi. Vaqt ötişi bilan bizning örtamizdagi munosabatlar döstlikdan yanada kuçliroq bosqiçga öta boşladi. Ammo, ança vaqtgaça Muhammad Şayx Britaniya Parlamenti lordi ekanligini bilmaganman. Umuman, lord janoblari biror marta amali, işi va biznesi haqida gapirmagan.
— Sizga oğir botsa-da, ammo barça sizni 25 yillik oilani buzganlikda ayblamoqda. Özidan qariyb 45 yoş katta inson bilan oila qurişning maqsadi nima degan savollarni yoğdirib taşlaşmoqda. Bunga qanday izoh berasiz?
— Menga örinsiz ayblovlar qöyilmoqda. Sababi, bölajak turmuş örtoğim bilan tanişganimda u kişi allaqaçon oldingi xotini bilan şa'riy ajraşgan edi. Birozdan söng ularning nikohi qonunan ham bekor qilindi. Şuning uçun, ularning ajralişiga heç qanday aloqam bölmagan. Ularning örtasidagi har qanday munosabat mengaça sodir bölgan.
— Ota-onangiz sizning tanlovingizga qanday qaraşdi?
— Muhammad Şayx mening qölimni sörab, Samarqandga kelganida ota-onamning roziligini oldi. Ular bizga oq fotiha berişdi. Şundan söng biz nikoh öqitdik. Nikohni Londonning şimoliy masjidi boş imomi bir neça insonlar guvohligida öqidi va bizga nikohimizni tasdiqlovçi sertifikat berdi. Keyinçalik nikohimiz Angliyaning nufuzli masjidi hisoblanmiş «Rijyent Park» boş direktori tomonidan ratifikatsiya jarayoniga topşirildi. Ya'ni, nikohni yuridik tasdiqlaşga berildi.

— Yaqinda haj safariga borib kelganingizdan xabarimiz bor...
— Nikohdan ötgaç, ikkimiz birgalaşib haj safariga borgandik. Ammo, yaqinda yana bir bor Allohning uyini köriş nasib etdi. Ikkinçi marta bizni Saudiya Arabistoni podşohi haj ziyoratiga taklif qildi.
— Muhammad Şayx janoblarining oldingi nikohdagi farzandlari sizlarning munosabatingizga qanday qaraşdi?
— Şayx janoblarining bir qizi bor. Biz yaqin dugonamiz. A'lo darajada qabul qildi. Munosabatlarimiz juda ham yaxşi...
— Özbekiston va Angliyadagi döstlaringiz qanday fikr bildirişdi?
— Özbekiston va Angliyada meni doim qöllab-quvvatlaydigan döstlarim juda köp. Bolalikda birga ösgan tengdoşlarim, sinfdoş, kursdoşlar, sobiq hamkasblarim, qarindoş-uruğim — barça mening tanlovimni xursandçilik bilan qabul qildi. Bu yerda ham juda köplab turli millatdan döstlar orttirganman. Ular ham meni qöllaşdi. Döstlarimga öz minnatdorçiligimni bildiraman.
— Guli Şayx xonim, örtalaringizdagi farq ança katta. Siz yoşsiz…
— Darhaqiqat, Şayx janoblari 77 yoşda. Umri ziyoda bölsin. U kişi Britaniya parlamenti hayoti va biznesda juda faol. Turmuş örtoğim soğlom, kuç-quvvatga töla, doim pozitiv fikrlaydigan inson. Bu insonning ğayratiga ayrim yoşlar havas qilsa arziydi. Kuniga, kerak bölsa, 14–16 soatlab işlaşni sevadi. Şu paytgaça zerikişga vaqtimiz bölgani yöq...
— Miş-mişlarga qaraganda, Muhammad Şayx janoblarining yana boşqa şa'riy nikohlari bor ekan. Kundoşingiz bormi? Harholda, islomda köpxotinlikka taqiq yöq…
— Odamlar ortiqça gap-sözlar tarqatişmoqda. Buyuk Britaniya qonunçiligida bittadan ortiq xotin olişga ruxsat berilmaydi (kulib). Hozirça men yagona rafiqasiman.
— Hozir nima işlar bilan bandsiz. Kelajakdagi rejalaringiz qanday?
— Turmuş örtoğim bilan birgalikda «Silk Road Global» kompaniyasini taşkil qildik. Men yurtimizning hunarmandçilik va qöl işi mehnati bilan yaratilgan asarlarini xarid qildim. Ularni internet orqali sotişni yölga qöyiş ustida işlayapman. Özbekistonda turizmni rivojlantiriş sohasida işlaş rejamda bor. Özbekistonga qölimdan kelgança investitsiya kiritiş harakatidaman. Yurtimizga bir neça bor qöldan kelgança, xayr-saxovat va ehson qiliş, yordamga muhtojlarga yordam berişni taşkil qildim. Sababi tuğilib ösgan vatanimga mehrim baland.
Yana, suratlar çizaman. Moyli böyoqlar bilan işlayman. Çizganlarim joylaştirilgan şaxsiy veb-saytim bor.
— Demak, Muhammad Şayx janoblarining özbek zaminiga bölgan işqi sizni yanada ruhlantirmoqda. Britaniya lordi, Konservativ musulmonlar forumi asosçisi hamda Buyuk Britaniya Lordlar Palatasining bir umrlik (muqim) a'zosi Özbekiston va Britaniya örtasidagi munosabatlarni mustahkamlaşda faolligini seziş mumkin...
— Lord Şayx Özbekistonga köp bora taşrif buyurgan. Ikki mamlakatning siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarini mustahkamlaşga intiladi. Şayx janoblari Özbekiston haqida uç marta ma'ruza tayyorlagan, doim yurtimizning rivojlaniş bosqiçini ijobiy tomondan yoritadi. Vatanimdan Britaniyaga kelgan delegatsiyalarni bir neça bor kutib olib, ularga yuqori mulozamat körsatgan.

Lord Şayx 2016 yilgi Özbekistondagi prezident saylovlariga taklif qilingan edi. Saylov şaffof va adolat bilan ötkazilganini ta'kidlagan edi. Şuningdek, birinçi prezident Islom Karimov haqida nekrolog yozgan. Natijada, Muhammad Şayx janoblari saylangan prezident Şavkat Mirziyoyev olib borayotgan ulkan islohotlarni tahlil qilib, ulkan maqsadlarni qöygan prezidentga taşakkurnoma bildirdi.
— Guli Şayx xonim, şarhlarning birida, «Özbekistonga yaqin kelajakda yangi avlod investor zurriyodi tuğiladi» degan fikr bildirilgan...
— Buni vaqt körsatadi. Bu savolga biror izoh berişni istamayman. Umuman olganda, men Muhammad Şayx janoblariga öz ixtiyorim bilan turmuşga çiqdim. Meni heç qaçon lordning moddiy boyligi, amali yoki yoşi qiziqtirmagan. Qalbimga yaqin insonni Alloh taqdir qildi. Tengdoşlarimga qaraganda, çuqur fikrlaşi, hayotga bölgan iştiyoqi, yoş qalbi va yuqori darajadagi intellekti meni rom etgan. Turmuş örtoğim har bir ayol orzu qiladigan mehribon er. Atrofdagi insonlarga juda e'tiborli xarakterga ega. Biz baxtlimiz!
Nafisa Pardayeva suhbatlaşdi








