Jahon | 14:34 / 13.01.2019
4962
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyadagi yana uchta aeroport xodimlari ish tashlashga chaqirildi

Foto: REUTERS/Wolfgang Rattay

Germaniya Verdi xizmati xodimlarining kasaba uyushmalari ittifoqi Leyptsig/Galle, Drezden va Erfurt aeroportlarining xavfsizlik xizmati xodimlarini 15 yanvar kuni ish tashlashga chaqirdi. Bu haqda kasaba uyushmalari ittifoqi bayonotida ma'lum qilindi. Avvalroq Verdi Mayndagi Frankfurt shahri aeroportida ish tashlash bo‘lishini ma'lum qilgandi.

"To‘rt marta o‘tkazilgan natijasiz muzokaralardan so‘ng ish beruvchiga talablarimiz bajarilmaganini ko‘rsatishga majburmiz", deyiladi bayonotda.

Verdi Germaniyadagi aeroportlar xavfsizlik xizmati xodimlarining oylik maoshi bir xil – slatiga 20 yevro bo‘lishini talab qilmoqda. Hozirda oylik maoshlar hududlarga va xodimning nima bilan shug‘ullanishi – yo‘lovchilar, yuklar yoki mahsulotlarni tekshirishiga qarab turlicha miqdorda beriladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid