Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gurbanguli Berdimuhamedov hukumat tarkibida qator o‘zgarishlarni amalga oshirdi
Foto: kabar.kg
Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov viloyatlar bo‘yicha kuratorlar va qator vazirlarni tayinladi, deb xabar berdi «Xronika Turkmenistana» nashri.
Nashrning ma'lumot berishicha, prezident qaroriga muvofiq, Axal, Bolqon, Toshhovuz, Lebop, Mariy viloyatlari va Ashxobod shahri bo‘yicha kuratorlar tayinlangan.
Sanoat va kommunikatsiya majmuini nazorat qilish Mammetxonu Chakiyevga topshirilgan.
Tohirberdi Durxanov sanoat va kommunikatsiya vazirligi rahbari etib tayinlangan.
To‘qimachilik sanoati vaziri etib Rasul Rajapov, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza etish vaziri etib Maktimguli Bayramdurdiyev tayinlangan.
Davlat suv xo‘jaligi qo‘mitasiga rahbarlik qilish Annageldi Yazmiradovga topshirilgan.
Davlat sug‘urta tashkilotiga Guvanch Nurmuhammedov bosh direktor bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:30 / 19.01.2026
Turkmaniston possovet hududidagi eng hushyor mamlakat deb tan olindi
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
21:33 / 12.12.2025
Prezidentning Turkmanistonga amaliy tashrifi yakunlandi
23:02 / 11.12.2025