«Kimki umumiy falokat daqiqalarida Vatan xaloskorligidan boşqa biror-bir xayolga borsa, — ozod davlatda yaşaşga haqli emas».

Fridrix Maksimilian fon Klinger.

Odam atoning bolalari Qobil va Hobil hikoyasidan söng Haq va Botil jangining u yoki bu tarafida yo ğolib böliş yo mağlub böliş insoniyatning qismatiga aylangan aslida.

XXI asrda qutblarga böliniş örniga quçoqlaşgan, janjallaşiş örniga suhbatlaşgan, qoni qaynaşi örniga qalblarni qovuştirgan jamiyatgina omon qoladi. Qolganlarining bari avval tilini, madaniyatini keyin e'tiqodini globalizatsiyaga qurbon berib, eng söngida hurriyatini yöqotadi. Bugun insoniyat dahşatli uruş girdobida qoldi. Uruşki, öqsiz, qonsiz ammo qurbonlarsiz emas. Global miqyosda olib borilayotgan uruş insonlarni jismonan öldirişga emas insonlarning şaxsiyatini öldirişga qaratilgan uruşdir.

Butun dunyoda bölgani kabi bu holat bizning Özbekistonimizda ham davom etmoqda. Bugun taşqaridagi xavflar barobarida mamlakat içidagi mafkuraviy evrilişlar, jarayonlarning ijobiy tomoni barobarida salbiy oqibatlari yagona bir davlat ölaroq oyoqda mustahkam turişimizda qiyinçiliklar keltirib çiqaryapti. Bu bundan qörqiş kerak degani emas. Butun dunyo mamlakatlarining oddiy hayot tarzi bu. Huşyor bölişimiz kerak bölgan nuqtasi esa, har kuni har soat davom etayotgan bu jangda huşyorlikni bir on bölsa-da yöqotmaslik, har qadamimizni öylab, iymonimizga suyanib tadbir olişimizdir.

Meni doim ana şu xavflarning kuşandasi bölgan Vatanparvarlik degan tuyğu öziga rom qilib kelgan. Bugun aynan mana şu tuyğu haqida muşohada qilişga harakat qilaman.

Buyuk olimlar, tafakkur sohiblari hamişa Vatanparvarlik tuyğusini hatto eng manfur insonni ham qayta tarbiyalaydigan, insonni şaxs ölaroq yuksaltiradigan kuç, deb ta'riflaşgan.

Agar esingizda bölsa, mustaqillikning ilk yillaridan söng bozor munosabatlari rivojlangani sari jamiyatda Vatanparvar sözi yoşlar orasida haqorat sifatida işlatiş hollari uçray boşlagandi. Vatanparvarlik zamondan ortda qolganlik belgisi sifatida körila boşlagan, bu oliy qadriyatning jamiyatdagi örnini boy bölişga intiliş, moddiyat egallab borayotgandi. Vatanparvarlikning ijtimoiy hayotda qadri yöqola boşlagandi.

Buning natijasi ölaroq, Vatanparvar böliş foydasiz, deya körila boşlagandi. Aynan ana şu holat, ya'ni televizor va boşqa ommaviy vositalarida Vatanparvarlik qançalik uluğlanmasin ijtimoiy reallikda uning qadri pasayişi jiddiy salbiy oqibatlarga olib kela boşladi. Buning ham tabiiy mahsuli ölaroq yoşlar orasida (aslida nafaqat yoşlar orasida) maddohlik va ijtimoiy ikkiyuzlamaçilik trendga aylana boşladi.