Hojatxonalar masalasida köp va xöb yozildi. 2018 yil boşida Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi taşabbusi bilan Özbekistonda mamlakatimiz fuqarolari va xorijiy mehmonlar uçun sayohat davomida yanada qulay şart-şaroitlar yaratiş maqsadida hojatxona xizmatini takomillaştiriş böyiça keskin islohotlar ötkazilişi rejalaştirilayotgani ma'lum qilindi. Avvalo xorijiy sayyohlar, öz xalqimiz uçun qulay hojatxonalar juda kamligi tan olindi va masala yeçimi yuzasidan qator çora-tadbirlar rejasi işlab çiqildi. Hojatxona qurib işga tuşirganlarga bir qança soliq imtiyozlari taklif qilindi. Yurtimizda endi «Hojatxona inqilobi» röy beradigandek edi. Ammo hanuz bir joyda depsinib turgandekmiz.

Bekobod tumani, Zafar şaharçasi, 2017 yil. Foto: KUN.UZ

Hojatxonalar muammosi nafaqat bizda, balki butun dunyoda murakkab muammolardan biri hisoblanadi.

Özbekiston

Dastlab dunyoni qöyaturamizda, özimizdagi ahvol töğrisida gaplaşamiz. Oddiy misol, şaharlarni boğlovçi katta yöllar yoqasida teskari qarab hojatini çiqarayotgan odamlarga albatta közimiz tuşadi. Avval bunday holat faqat uzoq yöllarda kuzatilardi, hozir yirik şaharlarda, hatto poytaxtda ham «yöl çetiga ötiş» odat tusiga kirmoqda.

Yöllar çetlariga hojatxonalar quriş masalasi bir neça marta kötarildi va yana öşança marta unutildi. Yoqilği quyiş şoxobçalari, dökonlar ham heç bölmasa öz xaridorlari uçun sifatli xizmatni yölga qöyişni öylamadi, öylaganlari, amalga oşirganlari ham bizning «öta kuçli madaniyatimiz» tufayli qöllarini yuvib qöltiqqa urdilar. Işlab turganlariga ham servis nolga yaqin bölgani holda durustgina pul tölanadi. Mayli, şularning ham boriga şukr, harqalay jonga oro kiradi. Lekin ular juda kam.

Misollarga e'tibor bering: poytaxtdagi Oybek metrosidan «Şahrisabz» köçasi böylab Mustaqillik maydoniga qadar boraylik. Maqsad yagona — hojatxona topiş! Ammo köçalar gavjum, obod, katta-katta binolar bisyor, ammo öşa kiçkinasi yöq. Yoki Bunyodkor köçasi böylab Çilonzor metrosidan Novza metrosiga qadar 3 kilometrga yaqin masofada birorta hojatxona uçratmaysiz. Göyoki bunday maskan şahar qiyofasini buzadigandek. Xöş, şahar qiyofasini hojatga zarurati tuğilganlar majburiyatdan buzişmaydimi? Bu hali davlatimiz markazi bölgan poytaxtdagi ahvol. Viloyatlardagi vaziyatni tasavvur qiliş muşkul emas.