2024 yilning 13 may kuni soat 16:58 da Toşkent viloyati Zangiota tumani Harakat mahallasida joylaşgan uylarning birida 2 yoşli bolaning hayoti qutqarib qolindi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, uşbu uy egasining 2 yoşli farzandi ehtiyotsizlik va nazoratdan çetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tuşib ketgani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Qutqaruvçilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona çuqurligidan bolani soğ-salomat olib çiqib, hayotini saqlab qolgan.














