Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Payariqda rekord: Turdimovning sayyor qabulida 600 dan ziyod murojaat tushdi
Foto: Samarqand viloyat hokimligi axborot xizmati
Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimovning 19 fevral kuni navbatdagi xalq bilan muloqoti sayyor qabul shaklida Payariq tumanida o‘tkazildi.
Tumandagi 1-son bolalar-o‘smirlar sport maktabida o‘tkazilgan sayyor qabulda 602 nafar fuqaro tomonidan murojaatlar ro‘yxatga olindi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.
Tumanda yashovchi fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolardan tashqari ko‘pchilik manfaatiga xizmat qiladigan — yo‘llarni ta'mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta'minoti bo‘yicha murojaatlari bilan qatnashishdi.

Barcha masalalar viloyat hokimligi tomonidan qat'iy nazoratga olindi va 22 fevral kuni ijro holati muhokama etilishi belgilandi.
Bu Erkinjon Turdimovning 2018 yil iyul oyida Samarqand viloyati hokimi etib tayinlanganidan buyon shahar va tumanlarda o‘tkazayotgan yettinchi sayyor qabulidir.

Avvalroq Bulung‘ur tumanida, Samarqand shahrida (ikki bor), Paxtachi, Past Darg‘om va Narpay tumanlarida sayyor qabul o‘tkazilgan edi. Bungacha eng ko‘p murojaat Paxtachi tumanidan tushgan — 432 ta va ularning 318 tasi qanoatlantirilgan.
Mavzuga oid
07:23 / 05.05.2026
Prezident Samarqanddagi OTB yig‘ilishida muhim tashabbuslarni ilgari surdi
17:45 / 30.04.2026
Forma ortidagi sxema: Samarqandda leytenant million dollarlik ishda gumonlanmoqda
15:48 / 30.04.2026
50 dollarlik ofis va minglab mijoz: tasodifiy buyurtmani katta biznesga aylantirgan samarqandlik tadbirkor hikoyasi
15:10 / 30.04.2026