Talabalik baxtiga erişgan öspirinning holatini tasavvur qiliş qiyin emas: sessiya jarayoni haqida turli uzunquloq gaplar, notaniş muhit, öqituvçilar bilan munosabat, har bir fandan oxiri körinmaydigan adabiyotlar röyxati... Ustiga-ustak, oliy öquv yurtlarida ta'limning muayyan qismi mustaqil özlaştirişga ajratilgan böladi. Çeklangan muddatda katta bilimlar bazasini özlaştiriş kerak. Toşkent davlat yuridik universitetida şu kabi masalalarda dastak böladigan yangi loyiha işga tuşiş arafasida. 

Universitetda ta'lim olayotgan talabalar orasida öz-özini boşqariş tizimini samarali taşkil etiş hamda mustaqil ta'lim jarayonini rivojlantiriş maqsadida Senior&Junior dasturi yölga qöyilmoqda. U talabalar örtasida bir-birini öqitiş va özaro hamkorlikni nazarda tutadi.

«AQŞ va Yaponiya ta'lim tizimi bilan tanişganimda, talabalarning öqiş bilan boğliq masalalarda bir-biriga yordamlaşişiga asoslanuvçi dasturdan boxabar böldim. Ya'ni yaxşi bilimga ega yuqori kurs talabalari öqişga yangi kirganlarga fanlarni özlaştiriş, universitet hayotiga könikib, samarali menejment borasida yöl-yöriq körsatadi. Buni özimizda ham yölga qöyiş böyiça taklif berganimda universitet ma'muriyati qöllab-quvvatladi», – deydi ğoya muallifi, TDYuU fuqarolik huquqi fakulteti talabasi Abduraşid Hakimov.

Loyiha senyor (inglizçadan «katta») va junior (inglizçadan «kiçik») munosabatlariga asoslanadi. Senyor muayyan fanlar böyiça yaxşi körsatkiçlarga ega bölgan, junior esa ta'lim jarayonida qandaydir muammolarga duç kelayotgan talaba. Ularning biri ikkinçisiga qiyinçilik tuğdirayotgan masalalarda yordam körsatadi.

«Misol uçun, universitet talabalarining 20 foizi a'lo bahoga öqisa, 30 foizi yaxşi bahoga özlaştiradi. Qolgan  50 foizi esa yaxşidan quyiroq, qoniqarli darajada bilimlarni egallaydi. Bizning boş maqsadimiz – mana şu 50 foizni yaxşi darajaga, yaxşi darajadagilarni esa a'loga kötariş. Özlaştirişi a'lo bölgan 20 foiz talaba uçun esa bu öz bilim va könikmalarini mustahkamlaşning qulay usulidir», – deydi Abduraşid Hakimov.

Uning bayon etişiça, loyiha beş asosiy funksiyani öz içiga oladi. 

Birinçidan, loyiha talabalarni bir oiladek birlaştiradi. Universitetga endi kelgan birinçi kurs talabasi oddiy masalalarda qiynalib qolişi mumkin: binolar, kafedralar qayerda joylaşgan, öqituvçilarni qanday topiş mumkin, sessiyada qanday tayyorgarlik körgan ma'qul... Şu kabi masalalarda yuqori kurs talabalari yordam bersa, aniq maqsad ─ samarali ta'lim olişga erişiş oson keçadi.

Ikkinçi funksiya – talabalarni rağbatlantirişni közda tutadi. Misol uçun, birgalikda işlagan senyor va juniorning özlaştiriş körsatkiçi avvalgi semestrga qaraganda boşqalarnikidan yuqori bölsa, ular taqdirlanadi. Bu ösiş borligidan dalolat beradi.