11:29 / 26.02.2019
5816

O‘zbekistondagi maktablarda maxsus agrosinflar tashkil qilish taklif qilindi

Foto: O‘zA

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida qishloq xo‘jaligini fidoyi kadrlar bilan ta'minlash haqida petitsiya paydo bo‘ldi.

Bildirilishicha, yoshlarning qishloq xo‘jaligi sohasiga qiziqishini oshirish, ularni ish bilan ta'minlash hamda qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish maqsadida qishloqlardagi maktablarda maxsus agrosinflarni tashkil qilish kerak. 

Mazkur sinflarda qishloq xo‘jaligi sohasiga oid bilimlarni berib borish, keyinchalik ushbu sinflarni tamomlagan yoshlarga o‘z qishloqlarida ishlab berish sharti bilan qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga kirishiga imtiyozlar berish lozim. 

Shu orqali soha rivojiga xizmat qiladigan fidoyi, yuqori malakali va o‘z hududini yaxshi biladigan istiqbolli kadrlarni yetishtirish kerak, deyiladi petitsiyada.

“Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, sohani haqiqiy fidoyi yosh kadrlar bilan ta'minlash maqsadida qishloq joylardagi maktablarda maxsus agrosinflarni tashkil qilishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Maktab” mobil ilovasini yaratish haqida petitsiya paydo bo‘lgandi.

Top