“Maktab” mobil ilovasini yaratish haqida petitsiya paydo bo‘ldi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida “Maktabgacha ta'lim” va “Maktab” mobil ilovalarini yaratish haqida petitsiya joylashtirildi.
Qayd etilishicha, hozirgi kunda ta'lim sohasida ko‘plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o‘zgarishlar farzandlarimiz tarbiyasi va bilim olishlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Har bir ota-ona o‘z farzandining tarbiyasi va bilim olishi jarayonini kuzatib borishni, nazorat qilishni xohlaydi.
“Shu sababli farzandlarimiz ta'lim oladigan maktabgacha ta'lim muassasasi yoki maktab, ulardagi sharoit, mashg‘ulotlarning borishi, oziq-ovqat ta'minotini video kameralar o‘rnatish orqali doimiy kuzatib borish imkoniyatini beradigan mobil ilovani yaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
“Taklif shundan iboratki, har bir bog‘cha va maktabda video kuzatuv kameralari qo‘yilsin. Farzandlarimizga qanday sharoitda taomlar tayyorlanadi, qanday mashg‘ulotlar o‘tiladi va boshqa holatlarni kuzatib borish uchun maxsus “Maktabgacha ta'lim” mobil ilovasi yaratilishi kerak. Maktabga boradigan farzandlarimizning fanlarni o‘zlashtirishi, mashg‘ulotda bo‘lgani yoki bo‘lmaganligi, o‘zini tutishi kabi ma'lumotlar haqida xabardor bo‘lish uchun “Maktab” mobil ilovasi yaratilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi”, - deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun jamoat transportini bepul qilish taklif qilingandi.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
08:34 / 16.05.2024
Soliq qo‘mitasiga eng ko‘p murojaat qaysi hududlardan kelib tushayotgani aytildi
15:07 / 10.04.2024