AQŞning Atmosfera tadqiqotlari milliy markazi va Ratger universiteti mutaxassislari Hindiston hamda Pokiston örtasidagi nizoda atom qurolining işlatilişi qanday oqibatlarga olib kelişi haqida ma'lumot berişdi. Mamlakatlarda mavjud bölgan yadro raketalarining hattoki faqatgina bir qismi uçirilsa, bu global iqlimga jiddiy ta'sir qilib, hosillar yöqolişi va keng oçarçilikka sabab böladi. Bu haqda Business Insider naşri xabar qilmoqda.

Olim Maykl Millsning sözlariga köra, yadro zaryadi portlaşi nafaqat kuçli zarba tölqini hamda radioaktiv ifloslanişga, balki juda köp kilometr radiusda yonğinlar kelib çiqişiga sabab böluvçi jazirama issiqqa ham olib keladi. Bu atrofdagi buyumlarni öziga sörib oladigan va aholi punktlari hamda sanoat markazlariga xavf soladigan olovli quyunlar şakllanişiga turtki beradi. Bundan taşqari, atmosferaga quyoş nurlariga tösqinlik qiladigan juda köp miqdordagi tutun va qurum çiqarib taşlanadi.

Hisob-kitoblarga köra, agar ham Hindiston, ham Pokiston 50tadan yadro zaryadni portlatsa (har bir mamlakat arsenalining yarmidan kami), unda 5 million tonna aerozol zarraçalari stratosfera qatlamiga çiqadi. Ular butun dunyoga tarqalib ketadi. Bu önlab yillar davom etadigan, şuningdek, aholi tumanlari ustidagi ozon qatlami 20-50 foizini yöq qilib yuboradigan yadroviy qişga sabab böladi. Portlaşlardan keyin örtaça harorat beş yil davomida normadan 1,5 darajaga tuşib ketadi.

Mö'tadil iqlimga ega mamlakatlarda soviş bundan ham jiddiyroq bölişi mumkin. Qişda harorat 2,5 darajaga, yozda esa - 1-4 darajaga tuşadi. Bu vegetatsion paytni (ösimlikning) 10-40 kunga qisqartiradi. Okeanlardagi issiqlikning yöqolişi dengiz hayoti va baliqçilikka salbiy ta'sir qiladi. Bunday vaziyat kamida 25 yil davom etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Hindiston mamlakat duşmanlariga uruş bilan tahdid qilgandi.