19 may kuni Termiz şahrida “Tinçlik, döstlik va farovonlikning umumiy makonini barpo etiş” mavzusida Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi özaro boğliqlik böyiça Termiz muloqotining birinçi yiğilişi boşlandi.

Tadbir Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI), Özbekiston Taşqi işlar vazirligi, Özbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida taşkil etilgan.

Forum Markaziy va Janubiy Osiyo, Yevropa, MDH, Amerika, Yaqin Şarqdan 200 ga yaqin iştirokçilarni jamladi. Ular orasida siyosiy-iqtisodiy, biznes doiralar, moliya institutlari, xalqaro va mintaqviy taşkilotlar vakillari, şuningdek, tahliliy va ilmiy-tadqiqot markazlarining taniqli ekspertlari bor.

Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov öz nutqida anjumanning Termiz şahrida ötkazilişi ramziy ma’noga egaligini qayd etdi.

— Markaziy va Janubiy Osiyo çorrahasida joylaşgan uşbu qadimiy şahar azaldan mintaqalarni boğlovçi muhim markaz bölib xizmat qilgan. Termizning boy tarixiy merosi umumiy taraqqiyot uçun yangi strategik imkoniyatlarni oçadigan hamkorlikning yagona makonini barpo etiş uçun mustahkam zamin yaratmoqda, — dedi ekspert.

Eldor Aripov Termiz muloqotining ahamiyatiga ham alohida töxtalib ötdi. Uning sözlariga köra, global beqarorlik şaroitida barça özaro hurmat va teng huquqli iştirokka asoslangan erkin va konstruktiv muloqot har qaçongidan ham muhim ahamiyat kasb etadi. Şu maqsadda 2021 yilning iyul oyida prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida yuqori darajadagi xalqaro anjuman ötkazildi, 2022 yilda esa BMTning tegişli rezolyutsiyasi qabul qilindi. Bu qadamlar hamkorlik va tarixiy aloqalarni tiklaşga asoslangan yangi mintaqaviy kun tartibiga asos soldi.

— Bugun buning uçun barça zarur şaroitlar mavjud,— dedi E.Aripov. — Markaziy Osiyoda Janubiy Osiyo bilan hamkorlikni birgalikda çuqurlaştiriş uçun mustahkam hamjihatlik şakllangan. «SASA-1000», TAPI va Transafğon yölagi loyihalarining qöllab-quvvatlanişi ham bunga isbot böla oladi. Bundan taşqari, SMTI direktori Afğoniston bosqiçma-bosqiç transformatsiya bölayotgani va qöşnilar bilan tinçlik va hamjihatlikda yaşaşga intilayotganini ta’kidladi. Mamlakatning mintaqaviy aloqalarga, jumladan, Markaziy Osiyo bilan tölaqonli integratsiya bölişga qiziqişi ikki mintaqa örtasidagi özaro boğliqlikni mustahkamlaş uçun tarixiy imkoniyat oçmoqda.