Qizil dengizda gazning yirik zaxiralari topildi
Qizil dengizda tabiiy gazning juda yirik zaxiralari topildi. Bu haqda Saudiya Arabistoni energetika vaziri Xolid al-Folih ma'lum qildi, deya xabar beradi Reuters ushbu davlat axborot agentligiga tayangan holda.
Nashr hozircha boshqa tafsilotlarni keltirmagan. AQShning Energetika axboroti bo‘yicha boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda Saudiya Arabistoni Rossiya, Eron va Qatardan keyin dunyoda tabiiy gaz zaxiralari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni (8,58 trillion kub metr) egallagan.
Shuningdek, al-Folihning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi AQShda suyultirilgan tabiiy gaz bo‘yicha bir qator loyihalar, Janubiy Afrikadagi neft-kimyo sanoatiga investitsiyalar kiritishni ko‘rib chiqmoqda.
Bundan oldin, O‘zbekistonda suyultirilgan gaz ta'minotidagi muammolar ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
10:40 / 31.10.2024
Husiychilar Qizil va Arab dengizlarida uchta kema nishonga olingani haqida xabar berdi
10:20 / 30.10.2024
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan shaxslar ushlandi
15:54 / 29.10.2024
Toshkent tumanidagi qariyb 43 ming xonadonda noma’lum muddatga gaz o‘chiriladi
16:23 / 28.10.2024