Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Turkiyaga F-35 qiruvchilarini berish jarayonini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
Pentagon Anqarani Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimidan voz kechishga ko‘ndirish maqsadida Turkiyaga beshinchi avlod F-35 qiruvchilarini berish jarayonini to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi, deb yozadi TASS.
AQSh mudofaa vazirining xalqaro xavfsizlik masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi Ketrin Uilbargerning Reuters agentligiga bildirishicha, "turk uchuvchilarini F-35 samolyotlarini boshqarishga o‘rgatish dasturi to‘xtatib qo‘yilishi mumkin".
"Bu Anqara uchun maqsadimiz jiddiy ekanligi haqidagi ogohlantirish bo‘ladi", - deb qo‘shib qo‘ygan u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh S-400 tizimini sotib olish NATOning F-35 samolyotlariga ega bo‘lgan barcha ittifoqchilari xavfsizligiga tahdid solishi haqida Turkiyani bir necha bor ogohlantirgan.
"S-400 – bu kompyuter, F-35 ham kompyuter. Hech kim o‘z kompyuteriga dushman kompyuterini ulamaydi, bu yerda esa aynan shunday holat yuz bermoqda", - degan Uilbarger.
Avvalroq Pentagon rasmiy vakili Erik Pexon Turkiyaning Rossiyadan S-400 zenit raketa majmualarini sotib olishi "jiddiy oqibatlarga olib kelishini" bildirgandi.
Anqaraga S-400’ning to‘rtta divizionini yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga 2017 yil sentyabr oyida erishildi. Shartnoma qiymati 2,5 milliard dollarni tashkil etadi, ammo bu mablag‘ning yarmi Rossiya krediti bilan qoplanadi.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
17:54 / 30.06.2026
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026