O‘zbekiston | 21:30 / 23.03.2019
24451
3 daqiqa o‘qiladi

24 mart kuni Toshkentdagi qator ko‘chalarda harakat cheklanadi

Ertaga, 24 mart kuni Toshkentda Navro‘z bayrami munosabati bilan International Navruz Half Marathon xalqaro yarimmarafoni o‘tkazilishi tufayli bir qator ko‘chalarda harakat cheklanadi.

Yarimmarafon soat 9:00da boshlanadi va markaziy ko‘chalar bo‘ylab bo‘lib o‘tadi, bu esa o‘z navbatida poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylarini ko‘rishga imkon yaratadi. Start va finish Afrosiyob hamda Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida joylashadi.

Toshkent shahar IIBB ma'lumotiga ko‘ra, marafon davomida ishtirokchilar xavfsizligini ta'minlash maqsadida soat 9:00dan 13:00gacha quyidagi ko‘chalar avtoharakat uchun vaqtichalik berkitiladi:

- Afrosiyob ko‘chasi – Islom Karimov nomidagi Ilmiy-ma'rifiy memorial majmuasidan Oybek ko‘chasigacha;

- Oybek ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Nukus ko‘chasigacha;

- Nukus ko‘chasi – Oybek ko‘chasidan Qodiriy ko‘chasigacha;

- Qodiriy ko‘chasi – Nukus ko‘chasidan Mustaqillik ko‘chasigacha;

- Mustaqillik ko‘chasi Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasigacha;

- Mirzo-Ulug‘bek ko‘chasi Maxtumquli ko‘chasigacha;

- Maxtumquli ko‘chasi –Mirzo Ulug‘bek ko‘chasidan Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘lgacha;

- Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘l – Maxtumquli ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha;

- Amir Temur ko‘chasi – Amir Temur xiyobonidagi aylanma yo‘ldan Islom Karimov ko‘chasigacha;

- Islom Karimov ko‘chasi – Amir Temur ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha;

- Sharof Rashidov ko‘chasi – Afrosiyob ko‘chasidan Navoiy va Qodiriy ko‘chalari kesishmasigacha;

- Navoiy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;

- Qodiriy ko‘chasi – Sharof Rashidov ko‘chasidan Olmazor ko‘chasigacha;

- Olmazor ko‘chasi – Qodiriy ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha (marafon boshlangan joyida tugaydi).

Mavzuga oid