2019 yil 24 mart kuni poytaxtda birinçi Toşkent xalqaro yarimmarafoni bölib ötadi. Xalqaro formatdagi uşbu yarimmarafon Toşkent va umuman mamlakat uçun yangilikka aylanişi kutilmoqda.
2019 yilning eng kutilgan hodisasida iştirokçilar ikkita masofaga yugurişlari mumkin böladi — 21,097 km (yarimmarafon) va 5 km.lik yöldoş yuguriş. Özbekistondagi eng yirik yuguriş trassasi IAAF yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi hamda AIMS xalqaro marafonlar va yugurişlar assotsiatsiyasi tomonidan sertifikatlangan. Mazkur hodisani taşkillaştiriş işlarida xalqaro kompaniya konsultatsiya beradi, unga sertifikatlangan mutaxassislar va xalqaro darajadagi hakamlar kirgan.
Yarimmarafon soat 9:00da boşlanadi va markaziy köçalar böylab bölib ötadi, bu esa öz navbatida poytaxtning asosiy diqqatga sazovor joylarini körişga imkon yaratadi. Start va finiş Afrosiyob hamda Beşyoğoç köçalari kesişmasida (“Humo arena” muz saroyi yaqinida) joylaşadi.
Yugurişning barça iştirokçilari (belgilangan vaqt içida ulgurganlar — 3 soat) finişda finişga yetib kelganlar uçun möljallangan esdalik sovğalarni qölga kiritişadi. Ğoliblar uçun sovğa jamğarmasi ta'sis etilgan. Yarimmarafon masofasida mutlaq hisobda 1-8-örinni egallagan ayollar va erkaklar mln.dan 12 mln. sömgaça bölgan pul sovrinlari bilan taqdirlanadi. 5 km.lik masofa iştirokçilari mutlaq hisobda 1-6-örinlarni egallaşsa, ularga 500 mingdan 2 mln.sömgaça bölgan pullik mukofotlar közda tutilgan.
Uşbu sport bayramida yoşi 15dan oşgan (5 km.lik masofa uçun) hamda yoşi 18dan oşgan (yarimmarafon masofasida) barça xohlovçilar qatnaşişlari mumkin. Iştirok etiş qiymati 50 000 söm. Butun dunyoda bunday tadbirlarda qatnaşiş pullik bölib kelgan. Çunki, taşkilotçilar barça iştirokçilarga futbolka, kepka, ryukzak va şaxsiy yugurib ötgan vaqtini aniqlovçi çip örnatilgan maxsus raqam taqdim etiladi. Finişda topşiriladigan medal ham şular jumlasidan.
Yarimmarafon taşkilotçilar, homiylar va xayriya taşkilotlarining mablağlari, şuningdek tadbir iştirokçilaridan tuşadigan mablağlar hisobidan moliyalaştiriladi.
Xalqaro yarimmarafonni ötkazişdan közlangan maqsadlar quyidagilardan iborat: soğlom turmuş tarzini tarğib etiş va poytaxt ahli hamda mehmonlari örtasida yugurişni ommalaştiriş, xalqaro döstlik aloqalarini va sport turizmini rivojlantiriş, Özbekistonning kuçli marafonçilarini aniqlaş; Özbekiston Respublikasi poytaxti bölgan Toşkent şahrini tuzilişi ommaviy sport tadbirlarini ötkazişga imkon beradigan zamonaviy şahar sifatida tanitiş; yaqin va uzoq mamlakatlardan sportçilar va sayyohlarni jalb etiş.
Mamlakatdagi qulay iqlim şaroitlari bunday musobaqalarni tez-tez ötkazib turiş uçun imkon beradi. Xususan, boşqa davlatlardan oldinroq yuguriş mavsumini boşlaş va keçroq yopiş uçun şaroitlar mavjud.











