Samarqand şahrida ikkinçi marta ötkazilgan an'anaviy «Samarkand Half Marathon» yarimmarafoni yakunlandi. Masofani 1 soat 5 daqiqa-yu 42 soniyada bosib ötgan toşkentlik 34 yoşli Andrey Petrov ğolib böldi. Undan 20 soniya ortda qolgan 24 yoşli surxondaryolik Şohruh Davlatov ikkinçi, 2000 yilda tuğilgan samarqandlik Toşquvvatov Otabek uçinçi böldi. Ma'lumot uçun, Şohruh Davlatov ötgan yil musobaqa ğolibi bölgandi.

Ayollar örtasida surxondaryolik Sitora Hamidova start çiziğini 1 soat 11 daqiqa-yu 58 soniyada bosib ötib, ğolib böldi. Jizzaxlik Marina Xmelevskaya ikkinçi, farğonalik Yekaterina Tunguskova uçinçi böldi.

Erkaklar va ayollar örtasidagi bahslarda ğolib bölganlar 12 million sömdan mukofot puli olişdi. 2-5 örin sohiblari esa mos ravişda 8, 6, 5 va 4 million sömdan mukofot, şuningdek, esdalik sovğalari bilan taqdirlandi. Ğoliblarni Turizm qömitasi raisi Aziz Abduhakimov taqdirladi.

Marafon Samarqand markazidagi Registon maydoni yonidagi Islom Karimov köçasida boşlandi va finiş ham xuddi şu yerda böldi. Qatnaşçilar 21 kilometrdan ortiq masofani şahar köçalari böylab taşkil etilgan aylanma trassada bosib ötişdi. Marafonning oçilişida sözga çiqqan Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov barça iştirokçilarni tabrikladi.

Soat 11:30 da musobaqa taşkilotçilari va köngillilar qisqa masofaga yugurişdi. Unda turizm qömitasi raisi Aziz Abduhakimov ham qatnaşdi. Ikki kundan buyon Samarqandda bölib ötayotgan «Samarkand Half Marathon» doirasidagi madaniy tadbirlar bugun keçgaça davom etadi. Tuşdan keyin Aziz Abduhakimov va Samarqand viloyati hokimligi vakillari iştirokida Sartepa mavzesidagi «Sumaya» mehmonxonasining oçiliş marosimi bölişi kutilmoqda.











