Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ikkinchi xalqaro xayriya yarimmarafoni o‘tkaziladi
2020 yilning 30-31 oktabr va 1 noyabr kunlari Samarqand shahrida ikkinchi xalqaro xayriya yarimmarafoni – Samarkand Half Marathon bo‘lib o‘tadi.
Yarimmarafonda dunyoning turli nuqtalaridan kelgan ishtirokchilar uzoq va qisqa masofalarda yugurish musobaqalarida ishtirok etishadi, deb ma'lum qildi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg‘armasi.
Qayd etilishicha, mazkur marafon shunchaki sport dasturi bo‘lib qolmay, madaniy-ma'rifiy, o‘quv-uslubiy dasturlarni ham o‘z ichiga oladi. Ishtirokchilar O‘zbekistonning madaniy manzarasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ham ega bo‘lishadi.
Loyihaning maqsadi – madaniyat va san'at obektlaridagi mavjud inklyuziv muammolarga jamoatchilik e'tiborini jalb qilish, O‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sport turizmini rivojlantirishdir.
Xayriya tadbirida ishtirok etish to‘lovidan tushadigan mablag‘lar O‘zbekistondagi madaniyat obektlarida jismoniy imkoniyati cheklanganlar uchun kerakli sharoitlarni yo‘lga qo‘yish – inklyuziv muhit yaratish uchun sarflanadi.
Yarimmarafon musobaqa yo‘laklari Xalqaro yengil atletika uyushmalari federatsiyasi (IAAF) hamda Xalqaro marafon va yugurishlar uyushmasi (AIMS) tomonidan sertifikatlashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarkand Half Marathon’ning birinchi tadbiri 2019 yil noyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi. Unda dunyoning 25ta mamlakatidan tajribali va havaskor marafonchilar ishtirok etgan, shuning barobarida, Samarqanddagi madaniy obektlar bilan tanishgan edi.

Yarim marafonda ishtirok etish uchun qilingan to‘lov mablag‘lari respublika teatrlarida tiflosharhlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish uchun jalb qilingan.
Mavzuga oid
10:53 / 20.04.2026
Shavkat Mirziyoyev: Narkobiznesni qurol bilan emas, pulsiz qoldirish orqali yengish mumkin
11:22 / 10.04.2026
Samarqandda 8 yillik “muammoli uy”: quruvchi qamaldi, odamlar mo‘jiza kutishda davom etmoqda
11:40 / 17.11.2025
Samarqandda Damas-2 va Onix to‘qnashuvi oqibatida bir kishi vafot etdi
15:37 / 02.11.2025