Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Rossiya Venesueladan ketishi kerakligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya Venesueladan ketishi kerakligini va buning uchun barcha vositalar ko‘rib chiqilayotganini aytdi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
"Rossiya ketishi kerak", - degan Tramp Venesueladagi vaziyatga izoh berarkan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunga erishish uchun Amerika ma'muriyatiga "barcha variantlar ochiq".
AQShda 1823 yildan buyon Monro doktrinasi amalda bo‘lib, unga ko‘ra, Shimoliy va Janubiy Amerikada AQShning alohida manfaatlari mavjud. Unga muvofiq, AQSh har ikki Amerikada Yevropa va boshqa davlatlarning ehtimoliy ta'siriga qarshilik qilishi shart. AQSh Kuba, Salvador, Grenada, Meksika, Peru, Venesuela va boshqa davlatlarning ishlariga aralashuvini ana shu doktrina bilan izohlagan.
Mavzuga oid
09:49
Polshada ukrainalik yigit Rossiya razvedkasiga yordam berishda ayblandi
08:46 / 16.07.2026
Rossiya Kiyevga raketa, Xarkivga dronlar bilan hujum qildi
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
11:20 / 15.07.2026