Jahon | 08:34 / 28.03.2019
7703
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh HHK ikkita bazani tiklash uchun 4,9 mlrd dollar so‘radi

Foto: AP

AQSh harbiy havo kuchlari vaziri Xizer Uilson ikkita bazani tiklash uchun mamlakat kongressidan 4,9 milliard dollar so‘radi. Bu haqda Associated Press xabar qilmoqda.

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, gap Florida va Nebraska shtatlaridagi AQSh harbiy havo kuchlarining bazalari haqida ketmoqda, ular bo‘ron hamda suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan.

Ta'kidlanishicha, qo‘shimcha mablag‘ bo‘lmasa, AQSh harbiy havo kuchlari bazalarni qayta tiklash uchun ortiqcha xarajatga borishi kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, bunday qaror mahkama jangovar harakatlarga tayyorligining zaiflashishiga olib kelishi mumkin. 

Bundan oldin, AQShning Yaponiyadagi harbiy bazasida qo‘poruvchilik sodir etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid