Bugun, 11 aprel' kuni Qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Abdimuxtor Ergaşev Qumqörğon tumanidagi özi öqigan 21-sonli maktabda bölib, öquvçilarga şaxsiy kutubxonasidan nodir asarlarni sovğa qildi.

200 dan ortiq kitoblar içida özbek va jahon adabiyotining köpgina besseller asarlari örin olgan.

Vazirlik mutasaddisi maktabda yaratilgan şart-şaroitlar bilan ham tanişgan, şuningdek, öquvçilar bilan uçraşuv ötkazib, ularning sevimli badiiy asarlari borasida fikr almaşgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyevning har kim öz maktabi uçun kitob hadya qiliş böyiça bildirgan taşabbusi köpgina vazirlik va taşkilot vakillarining amaliy faoliyatida ham yangilik böldi, deyiş mumkin.

Ommaviy tarzda davom etayotgan «Book challenge» aksiyasi joylarda maktab kutubxonalarining kitob fondini boyişiga va öz örnida öquvçilarning kitobga bölgan qiziqişini orttirişga xizmat qilmoqda.