Hindistonda fil hujumi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Orissa shtatida fil hujum qilishi natijasida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi Hindu nashri.
Nashrning ma'lum qilishicha, Sandxa qishlog‘idagi xonadonlardan birida yashovchi oilaning uch a'zosi ayvonda uxlab yotishganida tongga yaqin fil ularga hujum qilgan. Ularning barchasi halok bo‘lishgan. Keyinroq o‘sha qishloqda yana bir ayol halok bo‘lgan.
Oradan bir soat o‘tgach qo‘shni Santapada qishlog‘ida yana bir kishini fil o‘ldirgani xabar qilingan.
Orissa shtatida fillar odamlarga tez-tez hujum qilib turadi: ma'lumotlarga ko‘ra, keyingi to‘qqiz yil ichida shtatda 694 ta fil va 661 kishi halok bo‘lgan.
Nashrning ma'lumot berishicha, Hindiston hukumati yovvoyi hayvonlar hujumidan halok bo‘lganlarning oilalariga 400 rupiya (5,7 ming dollar) kompensatsiya to‘laydi.
Mavzuga oid
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
01:52 / 07.11.2024
Kashmir Hindistonni maxsus avtonomiya maqomini tiklashga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi
11:56 / 06.11.2024
Inson matonati: 22 yil davomida tog‘ni yo‘nib yo‘l ochgan odam
17:51 / 05.11.2024