2019/2020 öquv yilidan boşlab oliy ta'lim muassasalari rektorlariga (filiallar direktorlari)ga böysunuvi böyiça vazirlik va idoralar bilan kelişilgan holda xorijlik fuqarolarni tölov-kontrakt asosida öqitiş qiymatini tegişli ta'lim yönalişi yoki mutaxassislik böyiça Özbekiston Respublikasi fuqarolari uçun belgilangan tölov-kontrakt miqdoridan kam bölmagan miqdorda mustaqil belgilaş huquqi beriladi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzurida “Study in Uzbekistan” (“Özbekistonda tahsil ol”) PR-markazi taşkil etiladi.

PR-markazining asosiy vazifalari: 

jahon axborot makonida Özbekistonning oliy ta'lim sohasidagi ijobiy imijini şakllantiriş, ilgari suriş, ta'lim sohasidagi salohiyatini tarğib qiliş, axborot materiallarini tayyorlaş;

diplomatik vakolatxonalar tomonidan PR-markaz bilan Özbekiston oliy ta'lim muassasalari kunlarini taşkil qiliş, mahalliy oliy ta'lim muassasalarini faol reklama qiliş, taqdimotlar ötkaziş, axborot materiallari tarqatiş va boşqalardan iborat.

Taşqi işlar vazirligi taşkil etilişi közda tutilgan PR-markazi bilan birgalikda xorijlik fuqarolarni Özbekistonda ta'lim olişga keng jalb qiliş uçun doimiy tarğibot-taşviqot işlarini olib boradi.