Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘liq elektron shaklga o‘tkazish haqida petitsiya e'lon qilingan.
Qayd etilishicha, jismoniy shaxslar gaz, suv, elektr toki, issiqlik ta'minoti tizimi uchun to‘lovlarni amalga oshirishda shaxsiy hisob raqami (litsevoy schyot)dagi pullari ko‘rinmay qolishi yoki boshqa hisob raqamiga o‘tib qolishi kabi holatlarga tez-tez duch kelishadi.
“Bu tizimni elektron axborot tizimiga integratsiyalash zarur. Iste'molchi hisoblagich ko‘rsatkichi, qarzi, qancha oldindan to‘langanligi haqida ma'lumotlarni bilishi hamda tizimdan masofadan foydalana olishi lozim”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Bildirilishicha, bu tizim avtomatlashtirilsa, yuzaga kelayotgan tushunmovchilik va muammolarning oldi olinadi. Shuningdek, kommunal xizmat ta'minotchilariga kuchli va zamonaviy serverlarni xarid qilish kerak. Ko‘p hollarda “baza qotib qoldi”, “ishlamayapti” degan so‘zlar bilan iste'molchilarning uzoq vaqt kutib qolishiga sabab bo‘lmoqda.
“Hozirda mavjud gaz, elektr toki, suv va issiqlik ta'minoti kabi kommunal xizmatlarning shaxsiy kabinet, ilovalarini yagona id raqam yoki ilovaga integratsiyalash, birlashtirish zarur. Shunda fuqarolarda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati ortar edi”, - deyiladi petitsiyada.
Mavzuga oid
10:03 / 02.09.2024
“Xalq nazorati” portali orqali qilingan murojaatlar soni 45 mingdan oshdi
17:55 / 28.08.2024
Ko‘p kvartirali uylarning boshqaruvchilari sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi
20:55 / 23.08.2024
Toshkentning qoq markazidan murojaat: Yosh bolalarimiz bor, qachongacha issiq suvsiz o‘tiramiz?
08:34 / 16.05.2024