Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda politsiya mashinasi portlashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Maxarashtra shtatida sodir bo‘lgan portlash oqibatida 15 nafar harbiy politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar berdi NDTV telekanali.
Xabar qilinishicha, voqea Gadchiroli okrugida yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jinoyatchilar politsiya maishinasiga o‘rnatilgan portlovchi qurilmani harakatga keltirishgan. Reyter agentligi o‘z manbalariga tayanib 16 kishi halok bo‘lganini xabar qilmoqda.
Telekanalning ma'lum qilishicha, bu okrugda avvalroq jangarilar bir nechta avtomobilga o‘t qo‘yishgan.
Hindistonning Bixar, Chxattisgarx, Jarkxand, Orissa va boshqa shtatlarida jangari-maochilar harakat qilishadi. Ular partizan urushi olib borib, hukumat vakillariga muntazam ravishda hujum qilib turishadi.
Mavzuga oid
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
12:24 / 10.06.2026
Balashixada yana bir general o‘ldirildi
09:11 / 10.06.2026
Dog‘istonda magistral gaz quvurida portlashlar yuz berdi
17:18 / 08.06.2026