Bugun, 1 may kuni “Çirçiq” poligonida 9 may – Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan Mudofaa vazirligi miqyosida ötkazilişi rejalaştirilgan tank biatloni musobaqasining oçilişiga bağişlangan marosim bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unda Mudofaa vazirligi mas'ul ofitserlari, Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondonligi, Qurolli Kuçlar faxriylari, öquvçi yoşlar, harbiy orkestr sozandalari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

“Mazkur musobaqani ötkazişdan asosiy maqsad – Mudofaa vazirligi harbiy okruglarining jangovar bölinmalari örtasida eng ilğor individual tayyorgarlikka ega bölgan tank ekipajlarini tanlab oliş. Ularning eng mohirlariga yurtimiz manfaatlarini xalqaro armiya öyinlarida himoya qiliş şarafi beriladi”, – deydi Toşkent harbiy okrugi qöşinlari qömondonining örinbosari polkovnik Baxtiyor Örolboyev.

Barça harbiy okrugdan iştirok etayotgan ekipajlar T-62, T-64, T-72 rusumli tanklarda belgilangan yönaliş böylab harakatlanişga kirişdi. Start va finiş, estafetani beriş va töğri çiziq böylab harakatlaniş uçastkalari bilan jihozlangan musobaqa trassasidan ildamlagan ekipajlar suvli tösiq, qörğon, çuqur, minalaştirilgan yölak, eskarp köpriklaridan ötib, otiş marralarida nişonlarni aniq möljalga oldi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Eslatib ötamiz, tank biatloni bellaşuvlarining final bosqiçi 5 may kuni “Çirçiq” poligonida bölib ötadi. Hal qiluvçi bahslar davomida zamonaviy va Ikkinçi jahon uruşi yillaridagi harbiy texnikalarning namoyişi hamda harbiy san'atkorlarning konsert dasturlari taqdim etib boriladi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati