Toşkent şahar IIBB matbuot xizmati Botanika boğida kuzatuv kameralari va «xavotir tugmasi» örnatilişini ma'lum qildi. Bundan taşqari, boğ hududida profilaktika inspektorining ikki yordamçisi skuterlarda navbatçilik qiliş uçun biriktirildi. Ular zarurat tuğilgan taqdirda taşrif buyuruvçilar bilan profilaktik suhbatlar uyuştirib, ularga Özbekiston Fanlar akademiyasi Ösimlik dunyosi genofondi institutiga tegişli bölgan boğda özlarini qanday tutişlarini tuşuntirişadi.
«Telegram-kanallarning birida quyidagi xabar e'lon qilindi: «Toşkent Botanika boği – ğaroyib joy. Ilmiy muassasa bölişiga qaramasdan, odamlarning köpligidan jamoat joyiga öxşaydi. (...) Çiqindilar, bosib taşlangan söqmoqlar, buzilgan mini ekotizimlar işga xalal bermaydimi?»
Uşbu holatda kamçiliklar borligini tasdiqlab, quyidagilarni ma'lum qilamiz. Bir hafta oldin Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi rahbariyati tomonidan poytaxtda joylaşgan Botanika boğida kamçiliklar borligiga e'tibor qaratilgan edi. Uşbu hududga köplab odamlar kelişi, holatni huquqni muhofaza qiluvçi organlari nazorat qilişi zarurligi, sanuzellarning yomon holati hamda hududda maişiy çiqindilar köpayib ketgani e'tiborga olindi.
Yunusobod tumani IIO FMB rahbariyatiga holatni nazorat qiliş va Botanika boği hamda Yunusobod tumani hokimiyati jamoasi bilan hamkorlikda yuqoridagi muammolarni hal qiliş vazifasi topşirildi.
Hozirgi vaqtda quyidagi çoralar körildi. Toşkent şahar IIBB uşbu hududga ikkita profilaktika inspektorlari yordamçilarini biriktirib qöydi. Yaqin kunlarda ularga skuterlar taqdim qilinadi – bu hududda tezkorlik bilan harakatlaniş, patrullaş, nazorat qiliş va taşrif buyuruvçilar bilan profilaktik işlar olib borilişi uçundir.
Şuningdek yaqin orada ikkita 360 daraja kuzatuv uçun imkon beradigan kameralar va «xavotir tugmasi» örnatiladi. Bu taşrif buyuruvçilar uçun biror bir holat böyiça tezkor tarzda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar beriş imkoniyatini yaratadi. Buning uçun tugma bosilsa, IIBB xodimi bilan videoaloqa orqali boğlaniş va muammo haqida xabar beriş mumkin. Şu qayd etiş lozimki, Botanika boği rahbariyati ham yuqoridagi muammolarni hal qilişga kirişib, uşbu yönalişda işlar olib bormoqda.
Hurmatli fuqarolar! Sizga köp narsa boğliq. «Siniq deraza nazariyasi» mavjud, unga köra, bir joyda siniq deraza bölsa, tez orada u yerda yana boşqa siniq derazalar paydo böladi. Kimdir çiqindi taşlagan joy ustiga siz ham çiqindi taşlaşdan özingizni tiying. Agar özga kimsa sanitariya tartibini buzayotganini va şu bilan birga ma'muriy huquqbuzarlik sodir etayotganini körsangiz, çetda turmang va bu haqda profilaktika inspektoriga xabar bering. Yoki javobgarlikdan ogohlantiriş sifatida çiqindi taşlagan insonga tanbeh bering.












