Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

🔹xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tartibi, muddatlari va ularni amalga oshiruvchi tashkilotlar;
🔹xavfli ishlab chiqarish obektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi, muddatlari, attestatsiya turlari hamda attestatsiyadan o‘tkaziladigan xodimlar toifalari;
🔹attestatsiya komissiyasining tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil etish;
🔹attestatsiya natijalari bo‘yicha appelyatsiya berish va uni ko‘rib chiqish qoidalari.

Xodimlar davriy attestatsiyadan quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

▪️xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar xodimlari, ularning markaziy attestatsiya komissiyalari raislari va rais o‘rinbosarlari – besh yilda bir marta;
▪️muhandis-texnik xodimlar, shuningdek, attestatsiya komissiyalari a’zolari – uch yilda bir marta;
▪️xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilotlarda faoliyat yuritadigan boshqa ishchi-xodimlar – bir yilda bir marta.