Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 2 bolani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan 24 yoshli haydovchi uzoq muddatga qamaldi. Bu haqda «Zamon» dasturida xabar berildi.

Qayd qilinishicha, yigit otasining mashinasida Paxtobod - Yangiobod yo‘li bo‘ylab harakatlanayotganda oldindagi mashinadan qochish uchun tezlikni me’yordan oshirgan va rulni keskin burgan, oqibatda yo‘l chetidagi 2 bolani urib yuborgan. Maktab o‘quvchilari vafot etgan.

Sudda jabrlanuvchining qonuniy vakillari ayblanuvchiga eng og‘ir jazo so‘ragan.

Sud hukmi bilan 24 yoshli haydovchi 3 yilga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilingan holda, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.