Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu Suriyaga zarba berishga shaxsan o‘zi buyruq berganini aytdi
Foto: AP Photo/Sebastian Scheiner
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Jo‘lon tepaliklari o‘qqa tutilganiga javoban Suriyaga zarba berishga shaxsan o‘zi buyruq berganini ma'lum qildi.
"Kecha 1 iyunda Jo‘lon tepaliklari raketa zarbasiga uchraganidan so‘ng xavfsizlik masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdim. Yig‘ilish davomida Isroil mudofaa armiyasiga keskin chora ko‘rishga buyruq berdim. Biz hududimizga o‘t ochilishiga toqat qilolmaymiz va bizga qarshi har qanday tajovuzga yanada katta kuch bilan javob qaytaramiz", - deya iqtibos keltiriladi bosh vazirning so‘zlaridan.
Isroil mudofaa armiyasi yakshanba kuni Suriyadagi ikki artilleriya va bir zenit-raketa batareyasini o‘qqa tutdi.
SANA agentligining xabar berishicha, isroil zarbalari natijasida uch nafar suriyalik harbiy halok bo‘lgan, yetti nafari jarohatlangan.
1944 yildan buyon Suriyaga tegishli bo‘lgan Jo‘lon tepaliklari 1967 yilda Isroil tomonidan egallab olingan.
Mavzuga oid
19:13 / 16.02.2026
Isroil Falastin yerlarining «de-fakto anneksiyasi»ni tezlashtirdi
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – Al Jazeera
15:42 / 13.02.2026
Isroilga qurol: Germaniya konstitutsiyaviy sudi shikoyatni qabul qilmadi
18:35 / 08.02.2026