Juma oqshomida Yevro-2020 saralashi guruh bosqichining 3-turi boshlandi.

Tur doirasida eng yirik hisob Ukraina–Serbiya o‘yinida kuzatildi. Lvovdagi bahsda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozonishdi. Yana bir yirik hisob Farer orollari – Ispaniya uchrashuvida qayd etildi, bahs ispanlarning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi.

Shuningdek, Shvetsiya Maltani, Isroil Latviyani, Gruziya Gibraltarni 3:0 hisobida yengdi. Polsha va Chexiya milliy jamoalari mos ravishda Makedoniya va Bolgariyani mag‘lub etishdi. Daniya–Irlandiya, Norvegiya–Ruminiya, Litva–Lyuksemburg va Qoratog‘–Kosova uchrashuvlarida durang qayd etildi.

Yevro-2020 saralashi
3-tur. 7 iyun
Gruziya – Gibraltar 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 30 Gviliya, 2:0 – 59 Papunashvili, 3:0 – 76, penalti Arveladze.

Avstriya – Sloveniya 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 74 Burgshtaller.

Makedoniya – Polsha 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 47 Piontek.
Polsha – Fabianski, Bednarek, Glik, Kendzera, Bereshinski, Zelinski, Frankovski (Piontek, 46), Klix (Guralski, 90), Kryxovyak, Grositski (Ribus, 70), Levandovski.
Chetlatish: Musliu (85, Makedoniya).

Litva – Lyuksemburg 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 20 Rodriges, 1:1 – 74 Novikovas.
Chetlatishlar: Mikolyunas (42), Vorobev (90) – ikkisi ham Litva 

Ukraina – Serbiya 5:0 (2:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 26 Tsiankov, 2:0 – 28 Tsigankov, 3:0 – 46 Konoplyanka, 4:0 – 59 Yaremchuk, 5:0 – 75 Konoplyanka.
Ukraina – Pyatov, Mikolenko, Matviyenko, Krivsov, Karavayev, Malinovskiy, Stepanenko (Shepelev, 72), Tsigankov, Konoplyanka (Kovalenko, 76), Zinchenko, Yaremchuk (Kravets, 67).
Serbiya – Dmitrovich, Milenkovich, Kolarov, Spayich, Gachinovich, Kostich, Tadich, Maksimovich, Lyayich (Feysa, 59), Yovich (Lazovich, 72), Priyovich (Mitrovich, 53).
Ogohlantirishlar: Milenkovich (22), Spayich (32).