Maktab öquvçilarining ingliz tilini biliş darajasi yangi, milliy dastur asosida tekşiriladi. Bu haqda Xalq ta'limi sohasida AKTni rivojlantiriş markazi axborot xizmati ma'lumot bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, «Umumta'lim maktab öquvçilarining ingliz tili bilim darajasini aniqlaş böyiça barqaror kompyuterlaştirilgan baholaş tizimini joriy etiş» loyihasi ingliz tilini biliş darajasini baholaşning yangi mezonlarini va usullarini işlab çiqiş va xalq ta'limi sohasiga tatbiq etişni maqsad qiladi. Bunda kompyuterdagi mantiqiy tuzilgan testlar yordamida öquvçilarning ingliz tilida fikrlay oliş mahorati baholanadi.
Şuningdek, ingliz tilida erkin suhbat qura oliş va öz fikrini yozma ravişda ifodalay oliş qobiliyati ham alohida yondaşuv asosida tekşiriladi.
Bu loyiha AQŞning Yangstaun davlat universiteti professori, ingliz tilidagi bilimlarni baholaş böyiça xalqaro konsultant Devid Kiyes hamda mahalliy mutaxassislar tomonidan amalga oşirilmoqda.
Devid Kiyesning qayd etişiça, loyihaning uçta asosiy afzalligi mavjud:
Birinçidan,bu Xalq ta'limi vazirligiga butun Respublikadagi öquvçilarning kompyuterni biliş va texnikani tuşuniş savodxonligini oşirişda keng imkoniyat beradi.
Ikkinçidan, uşbu loyiha respublikaning turli hududlaridagi öquvçilarning bilimini soliştiriş va qiyosiy tahlil qiliş imkonini beradi. Masalan, Namangandagi ingliz tili testi natijasini Buxorodagi natijalar bilan taqqoslaş mumkin.
Uçinçidan, test topşiriği jarayonida öquvçilardagi bir-birlaridan köçirib oliş yoki test jarayonida çalğiş va test topşiruvçilar suhbat ötkaziş jarayonida ularning gaplarini böliş kabi noqulaylikarga yöl qöyilmaydi.
«Uşbu tizim sinov tariqasida 21 iyun kuni Buxoroda, 26 iyun kuni Namanganda ötkazildi, 28 iyunda Toşkent şahrida ham ötkaziladi. Loyihada 6-, 9-, 11-sinf öquvçilari iştirok etişdi. Natijalar ijobiy. Tizim 2019 ─ 2020 öquv yilidan respublikaning barça hududlariga joriy etilişi rejalaştirilgan», ─ deydi professor Kiyes.
«Uşbu loyiha ta'lim tizimida faqatgina özbeklar orqali amalga oşirilayotgan yagona loyiha hisoblanadi. Bu loyihadagi test tuzuvçilar ham, texnik mutaxassislar ham, platforma mualliflari ham, nazoratçilar ham faqatgina özbeklar. Men bu yutuq bilan özbeklarni tabriklayman» , ─deya qöşimça qildi Devid Kiyes.












