Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonda devor qulab tushishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi
Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Puna shahrida quruvchilar baraklarini o‘rab turuvchi balandligi 23 metrli devor qulashi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, devor ishchilar yashaydigan bir nechta barak ustiga qulagan. Hodisaga kuchli musson yomg‘irlari sabab bo‘lganligi aytilmoqda.
Jabrlanganlar kasalxonaga yetkazilgan.
Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda. Qutqaruvchilar vayronalar ostida odamlar qolib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026